O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Toshkent deklaratsiyasini qabul qiladi

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari yig‘ilishadi.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. 2 avgust kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.
Tomonlar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi.
Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.
Xabarda tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgani qo‘shimcha qilingan.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Rossiya bilan ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda. 2022-yil yanvar-iyun oylarida Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 4,65 mlrd dollarni yoki 58 foizni tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash 32 foizga oshgan. Qo‘shma Loyiha ofisining faoliyati doirasida qariyb 40 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0