Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yakunlandi

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2022
Obuna bo‘lish
Fuqarolar va jamoatchilik tomonidan 30-iyul holatiga ko‘ra 117 357 ta taklif kelib tushgan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugun Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlandi. Bu haqida Konstitutsiyaviy komissiya tatbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatildi.
“Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 30-iyul holatiga ko‘ra fuqarolar va jamoatchilik tomonidan 117 357 ta taklif kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1-avgustgacha uzaytirgandi.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nimalardan iborat

Konstitutsiya: 6 bo‘lim, 26 bob, 128 modda va Muqaddima (kirish) qismidan iborat.

Konstitutsiya birinchi bo‘limi, “Asosiy prinsiplar” deb ataladi. Unda davlat shakli hamda suverenitetini namoyon etuvchi xususiyatlar belgilangan;

Konstitutsiya ikkinchi bo‘limi, “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi va shaxsning huquqiy holatiga taalluqli barcha jabhalarni o‘z ichiga olgan;

Konstitutsiya uchinchi bo‘limi, “Shaxs va jamiyat” bo‘lib, uning boblarida jamiyatning iqtisodiy munosabatlar negizi aks etgan;

Konstitutsiya to‘rtinchi bo‘limi, “Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi”ga bag‘ishlangan. Unda mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilab berilgan.

Konstitutsiya beshinchi bo‘limi, eng yirik bob hisoblanib, “Davlat hokimiyatini tashkil etish” deb nomlanadi. Bu bobda Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylash tartibi, vakolatlari va o‘zaro munosabatlari asoslari belgilangan. Bob, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining tashkil etish tartibini ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi bo‘limi esa, “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi”ga ajratilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0