Rossiyaga tashkillashtirilgan holda ishga jo‘natilayotgan o‘zbekistonliklar soni nega kamaydi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKrupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi “orgnabor” doirasida jo‘natilayotgan fuqarolar kamayishiga sabab bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga tashkillashtirilgan holda ishga jo‘natilayotgan fuqarolar soni nega kamaygani yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat sababli Rossiyadagi yirik qurilish obyektlariga fuqarolarni vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ishchi talabnomalari kamaygan.
Pandemiya cheklovlarining bekor qilinishi natijasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarning Rossiyaga mustaqil ravishda kirib borish ko‘lami oshgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, mehnat migratsiyasi georgafiyasi kengaytirilmoqda. Fuqarolar boshqa xorijiy davlatlarga ham tashkillashtirilgan holda yuborilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil o‘tgan 7 oyi yakunlari bo‘yicha tashkilllashtirilgan holda ishga jo‘natilgan fuqarolar soni 8 mingdan oshgan.
Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishga borgan fuqarolar tashkillashtirilgan holda ishga jo‘natilganlarga nisbatan ko‘proq muammolarga duch keladi.
“Qayd etish kerakki, xorijda ishlash uchun ushbu davlatga fuqaro qaysi yo‘l orqali borishidan qat’i nazar, uning huquqlarini ta’minlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralar ko‘riladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyundan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi poyezd, 18-iyuldan esa avtobus qatnovi qayta tiklandi. Ular qatnovi koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil martida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Potok migrantov v Rossiyu ne ostanavlivayetsya — spetsialist - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2022
Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi to‘xtamaydi – mutaxassis bilan intervyu
Yangiliklar lentasi
0