O‘zbekiston va Hindiston yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi

© Ministerstvo investitsiy vneshney torgovli Respubliki UzbekistanV g. Deli v ramkax prebivaniya pravitelstvennoy delegatsii Uzbekistana v Indii sostoyalsya Uzbeksko-Indiyskiy biznes-forum.
V g. Deli v ramkax prebivaniya pravitelstvennoy delegatsii Uzbekistana v Indii sostoyalsya Uzbeksko-Indiyskiy biznes-forum. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida xususiy tibbiyot, farmatsevtika, poyabzal va charm buyumlar ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Dehli shahrida O‘zbek-Hind biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Hindiston Savdo va sanoat davlat vaziri Anupriya Patel, tegishli vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va yuqori talabga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar:
Agrosanoat kooperatsiyasi;
IT-sektor va infratuzilmaviy loyihalarga investitsiyalar kiritish;
farmatsevtika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish;
To‘qimachilik sanoatida yaqin hamkorlik qilish;
Qurilish materiallari ishlab chiqarish.
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Hindiston qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar ham o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.
O‘z navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi o‘zbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, hozirgi vaqtda Hindistonning Indo Organics kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yadi.
Ma’lumot uchun, hozirda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan oshdi. 2022-yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo qariyb 30 foizga ko‘payib 324,5 mln dollardan oshdi.
2017 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 5 barobar oshdi. O‘tgan yilning o‘zida 70ga yaqin korxona ish boshladi va ularning umumiy soni 357 taga etdi. Ayni paytda turli tarmoqlarda umumiy qiymati 3 mlr dollardan ziyod 80 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0