https://oz.sputniknews.uz/20220725/ogir-atletika-26485636.html
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar tengsiz ekanliklarini namoyish etishmoqda
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar tengsiz ekanliklarini namoyish etishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Osiyo chempionatida Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3 tadan medalni qo‘lga kiritishdi. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T09:19+0500
2022-07-25T09:19+0500
2022-07-25T09:19+0500
sport
og‘ir atletika
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26485785_0:53:1013:623_1920x0_80_0_0_351529c4e18eb54bf6d67492c59fb7c1.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 tadan medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi. Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova qit’a birinchiligida 3 tadan medalga sazovor bo‘lgan.O‘smirlar:Yoshlar:Bugungi dasturlarda avvalroq yoshlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26485785_57:0:957:675_1920x0_80_0_0_2f3d2f455ef8391d8a16c769ca821d2d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, og‘ir atletika, o‘zbekiston
sport, og‘ir atletika, o‘zbekiston
Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar tengsiz ekanliklarini namoyish etishmoqda
Osiyo chempionatida Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3 tadan medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 tadan medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar
berdi. Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova qit’a birinchiligida 3 tadan medalga sazovor bo‘lgan.
“O‘zbekistonning 5 nafar atleti shohsupaga chiqdi. Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida barcha yo‘nalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yo‘nalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg.
+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qo‘lga kiritdi – 316 kg (145+171) kg.
+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yo‘nalishlarda sovrindor bo‘ldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg.
Nigora Suvonova bu gal ham barcha yo‘nalishlarda, ya’ni dast ko‘tarish mashqida, siltab ko‘tarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg.
Bugungi dasturlarda avvalroq yoshlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.