Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar tengsiz ekanliklarini namoyish etishmoqda

© Sportni rivojlantirish vazirligiOg‘ir atletika: O‘zbekistonlik sportchilarning medallari ko‘paymoqda
Og‘ir atletika: O‘zbekistonlik sportchilarning medallari ko‘paymoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
Osiyo chempionatida Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3 tadan medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 tadan medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Nigora Suvonova, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova qit’a birinchiligida 3 tadan medalga sazovor bo‘lgan.
“O‘zbekistonning 5 nafar atleti shohsupaga chiqdi. Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida barcha yo‘nalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
O‘smirlar:
-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yo‘nalishlarda 3ta oltin medal bilan 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg.
+102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3ta kumush medalni qo‘lga kiritdi – 316 kg (145+171) kg.
+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yo‘nalishlarda sovrindor bo‘ldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg.
Yoshlar:
Nigora Suvonova bu gal ham barcha yo‘nalishlarda, ya’ni dast ko‘tarish mashqida, siltab ko‘tarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi – 212 (95+117) kg.
Bugungi dasturlarda avvalroq yoshlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov 3ta oltin, Qudratbek Salimjonov 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasida Qudratbek Salimjonov 3ta kumush medalni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0