O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
Obuna bo‘lish
Vladislav Troman, Yanina Kuskova hamda Sofiya Karimova bronza medallarni qo‘lga qiritib, shohsupaga ko‘tarildi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilayotgan velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chempionatda sportchilar Vladislav Troman, Yanina Kuskova hamda Sofiya Karimova bronza medallarni qo‘lga qiritib, shohsupaga ko‘tarilgan.
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
Dastlab yoshlar toifasidagi bahslarda omnium dasturida ishtirok etgan Troman 126 ochko jamg‘arib, jamoaga chempionat doirasidagi uchinchi bronza medalini taqdim qilgan.
Shuningdek, mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasiing dastlabki medaliga mualliflik qilgan Yanina Kuskova bu safar ham yana bir bronza medaliga ega chiqqan.
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida yana uchta medalni qo‘lga kiritidi
© O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
Qolaversa, sportchi Sofiya Karimova ham mazkur qit’a birinchiligida yana bir medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Kecha yoshlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi dasturida bronza medaliga sazovor bo‘lgan Karimova bu gal skretch yo‘nalishida muvaffaqiyatli qatnashgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqada qo‘lga kiritgan medallari 5 ta bronzani tashkil qilmoqda.