Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donbassda 8 mingga yaqin ukrainalik harbiy taslim bo‘ldi – LXR elchisi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVivoz sdavshixsya v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s "Azovstali"
Vivoz sdavshixsya v plen ukrainskix voyennix i boyevikov s Azovstali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna bo‘lish
LXRning Rossiyadagi elchisi Rodion Miroshnik Donbassda asirga tushgan ukrainalik harbiylar sonini ochiqladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Lugansk va Donesk xalq respublikalarida (LXR va DXR) hozir 8 mingga yaqin ukrainalik asir bor, boz ustiga ularning soni o‘sib bormoqda. Bu haqda LXRning Rossiyadagi elchisi Rodion Miroshnik ma’lum qildi.

Asirlar bisyor. Albatta, eng ko‘pi Donesk xalq respublikasi hududida, biroq bizda ham ular yetarlicha. Hozir umumiy raqam 8 ming atrofida. Bu juda ko‘p, va har kuni ularning soni yuzlab ortmoqda”, - dedi Miroshnik "Solovyev Live" efiri chog‘ida.

Elchining fikricha, Donbassda asir va halok bo‘lgan ukrainalik harbiylar soni ortib boradi, chunki Ukraina qo‘mondonligi muntazam armiya bo‘linmasi yoki milliy harbiy qismlar o‘rniga jang olib borilayotgan hududlarga yaqinda joylarda yashovchi tinch aholi orasidan saralab olingan fuqarolarni jo‘natmoqda.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0