https://oz.sputniknews.uz/20220516/moskvich-zavodida-kelajakda-elektromobillar-ishlab-chiqariladi---sobyanin-24580860.html
“Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi - Sobanin
“Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi - Sobanin
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Sobanin "Moskvich" zavodida dastlab avtomobillar, keyin elektromobillar ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Asosiy hamkor - Kamaz bo‘ladi. 16.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-16T13:55+0500
2022-05-16T13:55+0500
2022-05-16T13:55+0500
rossiya
moskva
avtomobil
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/841/79/8417997_0:311:2087:1485_1920x0_80_0_0_c6dba2d24911ae1ca7ebbf3a70bb0a7e.jpg
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin “Moskvich” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarish qayta tiklanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, zavod kelajakda elektromobillar ishlab chiqaradi. Shahar meriga ko‘ra, KAMAZ qayta tiklangan Moskva avtomobil zavodi “Moskvich”ning asosiy texnologik hamkoriga aylanadi.Uning ta’kidlashicha, KAMAZ hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Rossiyada maksimal miqdordagi avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ishlar boshlangan.“Volgograd prospektidagi avtomobil zavodi uzoq va shonli tarixga ega. Deyarli yuz yil oldin u Fordavtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan. O‘nlab yillar davomida bu yerda afsonaviy mahalliy “Moskvichlar” ishlab chiqarilgan. 1998-yildan beri “Renault” zavodi bilan hamkorlik qiladi va “Logan”, “Dusters” va “Sandero”konveyerdan chiqdi. 2022-yilda biz “Moskvich” tarixida yangi sahifa ochamiz”, deydi Sergey Sobanin.Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida “Renault” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan. Aytish joizki, Moskvada 2021-yilning dekabr oyida elektobuslar soni 1000dan oshgan edi. Ularning aksariyati "Kamaz" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210323/muvaffaiyatli-tazhriba---moskvada-elektrobuslar-soni-600dan-oshdi-17917343.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/841/79/8417997_0:116:2087:1681_1920x0_80_0_0_f4601a362787f382ac2f909217315efd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, moskva, avtomobil, elektromobil
rossiya, moskva, avtomobil, elektromobil
“Moskvich” zavodida kelajakda elektromobillar ishlab chiqariladi - Sobanin
Sergey Sobanin "Moskvich" zavodida dastlab avtomobillar, keyin elektromobillar ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Asosiy hamkor - Kamaz bo‘ladi.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin “Moskvich” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarish qayta tiklanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, zavod kelajakda elektromobillar
ishlab chiqaradi.
“Chet ellik egasi Moskvadagi “Renault” zavodini yopishga qaror qildi. Bu uning huquqi, lekin biz minglab ishchilarning ishsiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shuning uchun men zavodni shahar balansiga olishga va tarixiy Moskvich brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildim”, - deb yozadi Sobanin.
Shahar meriga ko‘ra, KAMAZ qayta tiklangan Moskva avtomobil zavodi “Moskvich”ning asosiy texnologik hamkoriga aylanadi.
“Birinchi bosqichda ichki yonuv dvigateliga ega klassik avtomobillar, kelgusida esa elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”, deydi u.
Uning ta’kidlashicha, KAMAZ hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Rossiyada maksimal miqdordagi avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ishlar boshlangan.
“Volgograd prospektidagi avtomobil zavodi uzoq va shonli tarixga ega. Deyarli yuz yil oldin u Fordavtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan. O‘nlab yillar davomida bu yerda afsonaviy mahalliy “Moskvichlar” ishlab chiqarilgan. 1998-yildan beri “Renault” zavodi bilan hamkorlik qiladi va “Logan”, “Dusters” va “Sandero”konveyerdan chiqdi. 2022-yilda biz “Moskvich” tarixida yangi sahifa ochamiz”, deydi Sergey Sobanin.
Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida “Renault” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgan.
Aytish joizki, Moskvada 2021-yilning dekabr oyida elektobuslar soni 1000dan oshgan edi. Ularning aksariyati "Kamaz" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.