O‘zbekistonda elektromobillar va ular uchun to‘liq infratuzilma quriladi

© Depositphotos.com / MiflippoElektromobil na podzaradke
Elektromobil na podzaradke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
Xitoynig yirik kompaniyasi bilan birgalikda elektromobillar, ehtiyot qismlar va quvvatlash stansiyalari quriladi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. May oyidan boshlab O‘zbekistonda Xitoyning "BYD" avtokonserni bilan hamkorlikda elektromobillar va elektroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum bo‘ldi.
Hukumat qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturini ishga tushirdi. Fevral oyida “O‘zavtosanoat” AJ Xitoyning eng yirik elekromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD Auto Industry Ltd. bilan o‘zaro Anglashinuv Memorandumi imzolagandi.
Hamkorlik doirasida tomonlar yangi energiya manbaalarida harakatlanuvchi yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni kelishib olishgan edi.
Shuningdek, loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘larini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Kelishuvga ko‘ra, may oyidan boshlab taqdim etilgan namunalar asosida O‘zbekistondagi elektromobillar bozori o‘rganiladi va ushbu ma’lumotlar asosida loyiha uchun biznes-reja ishlab chiqiladi. Keyingi bosqichida ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzolash va qo‘shma korxona tashkil etish bo‘ladi.
"Energetika vazirligi tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Ayni paytda joylarda quvvatlash uskunalari o‘rnatilayapti" - deyiladi xabarda
BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo‘lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Turli mamlakatlarda 8 ta zavodga, R&D markazlari ega bo‘lib, NEW savdosi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, Xitoyda esa 1-o‘rinni egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0