Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMurotjon Azimov
Murotjon Azimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Murotjon Azimov 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi, - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Murotjon Azimov 1976-yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.
2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016-yilgacha ishlagan. 2016-yil sentabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Murot Azimov 2018-yil fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib, 2021-yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0