Namangandan Krasnoyarskka arzon chiptali parvozlarni amalga oshirish boshlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Express” Namangan – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi. Chiptalar 2,3 mln so‘mdan boshlanadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. 29 mart kuni "Sharqiy" xab loyihasi doirasida “Uzbekistan Express” Namangan – Krasnoyarsk – Namangan xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi.
“Uzbekistan Airways” xabariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi muntazam aviaqatnovlar "to‘liq ekonom" shaklida seshanba kunlari amalga oshiriladi:
Namangandan uchish: 17:35 (Toshkent vaqti bilan)
Krasnoyarskka yetib borish: 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan)
Krasnoyarskdan uchish: 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan)
Namanganga yetib kelish: 01:55 (Toshkent vaqti bilan)
Namangan – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachipta narxi 2,3 mln so‘mdan, Namangan – Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha esa 4,4 mln so‘mdan boshlanadi. Bu narxlar 29-mart holatiga amal qiladi.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” 30-martdan boshlab Namangan – Olmaota yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0