https://oz.sputniknews.uz/20220324/oziq-ovqat-inflyatsiya-valyuta-kursi-prezident-huzuridagi-yigilish-23521898.html
Oziq-ovqat, inflyatsiya, valyuta kursi: prezident huzuridagi yig‘ilish
Oziq-ovqat, inflyatsiya, valyuta kursi: prezident huzuridagi yig‘ilish
Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlar bilan kunlik muloqot o‘rnatib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish faoliyati, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish
2022-03-24T09:17+0500
2022-03-24T09:17+0500
2022-03-24T09:17+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
inflyatsiya
oziq-ovqat
valyuta kurslari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23521839_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_13e3b7809aed42bb7944ac01bd519bbe.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Prezidentning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi paytida hamma sohalarni og‘ir sharoitdan olib chiqish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar natijasini bergan. Hozirgi vaziyatda ham xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilish kerak.Yig‘ilishda iqtisodiyot rivojining bugungi holati tahlil qilindi va qo‘shimcha choralar belgilandi.Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlar bilan kunlik muloqot o‘rnatib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish faoliyati, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Tarmoq va hududlarda kunlik monitoring o‘rnatib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘alarini to‘ldirishi uchun revolver kredit berish tizimini yanada soddalashtirish zarurligi aytildi.Mirziyoyev eksport masalasiga ham to‘xtalib, eksportchi korxonalarning transport-logistika masalalarini hal qilib borish, ularning transport xarajatlarini qisman qoplash amaliyotini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.Ma’lumki, bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda muammolar kuzatilmoqda hamda ularning narxi sezilarli oshmoqda.Shuningdek, inflyatsiya darajasini kamaytirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlarga tezroq qaytishini ta’minlash Hukumatning asosiy vazifasi ekani yana bir bor qayd etildi.Markaziy bankka tashqi valyuta bozoridagi noaniq vaziyatni inobatga olgan holda, ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda ehtiyotkorona yondashuvni qo‘llab borish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda ichki valyuta bozoridagi holatni kunlik kuzatib, tadbirkorlarni, umuman, xalqimizni joriy vaziyat, kutilayotgan o‘zgarishlar va ko‘rilayotgan choralar haqida xabardor qilish kerakligi ta’kidlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23521839_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_aaedc40512d5009a2725475d7b186783.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oziq-ovqat inflyatsiya valyuta kursi prezident yig‘ilish iqtisodiyot barqarorligi
oziq-ovqat inflyatsiya valyuta kursi prezident yig‘ilish iqtisodiyot barqarorligi
Oziq-ovqat, inflyatsiya, valyuta kursi: prezident huzuridagi yig‘ilish
Mirziyoyev inflyatsiya darajasini kamaytirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlarga tezroq qaytishini ta’minlash Hukumatning asosiy vazifasi ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan
yig‘ilish o‘tkazdi. Prezidentning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi paytida hamma sohalarni og‘ir sharoitdan olib chiqish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar natijasini bergan. Hozirgi vaziyatda ham xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilish kerak.
“Dunyoda bo‘layotgan voqealar natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun aniq chora-tadbirlarni belgilab olishimiz zarur. Ayniqsa, tadbirkorlarga yengillik yaratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, – dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda iqtisodiyot rivojining bugungi holati tahlil qilindi va qo‘shimcha choralar belgilandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlar bilan kunlik muloqot o‘rnatib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish faoliyati, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tarmoq va hududlarda kunlik monitoring o‘rnatib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘alarini to‘ldirishi uchun revolver kredit berish tizimini yanada soddalashtirish zarurligi aytildi.
Mirziyoyev eksport masalasiga ham to‘xtalib, eksportchi korxonalarning transport-logistika masalalarini hal qilib borish, ularning transport xarajatlarini qisman qoplash amaliyotini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ma’lumki, bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda muammolar kuzatilmoqda hamda ularning narxi sezilarli oshmoqda.
“Shu bois, Vazirlar Mahkamasiga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish orqali aholi talabini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, inflyatsiya darajasini kamaytirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlarga tezroq qaytishini ta’minlash Hukumatning asosiy vazifasi ekani yana bir bor qayd etildi.
Markaziy bankka tashqi valyuta bozoridagi noaniq vaziyatni inobatga olgan holda, ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda ehtiyotkorona yondashuvni qo‘llab borish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda ichki valyuta bozoridagi holatni kunlik kuzatib, tadbirkorlarni, umuman, xalqimizni joriy vaziyat, kutilayotgan o‘zgarishlar va ko‘rilayotgan choralar haqida xabardor qilish kerakligi ta’kidlandi.