Sarosiyoda Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topildi
14:31 09.03.2022 (yangilandi: 14:34 09.03.2022)
© Agentstvo Kultunogo naslediya Moneti 15 veka naydennie mestnimi jitelyami v Surxandarye
Obuna bo‘lish
Topilgan mis tangalar 1420-yilga oid bo‘lib ularning bir tarafida "Samarqand" va "Adliyya" so‘zlari ikkinchi tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul aks etgan.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Surxondaryoning Sarosiyo tumani To‘palang darosi qirg‘og‘ida aholi tmonidan qadimiy tangalar topildi deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Kuni kecha Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To‘palang darosi qirg‘og‘idan ko‘p miqdorda mis tangalar topib olishgan edi.
Voqea joyiga yetib kelgan Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh topilgan mis tangalar haqiqiy ekanini tasdiqlashdi.Olimlarning fikricha, To‘palang darosi qirg‘og‘idagi pul tangalar O‘zbekiston hududidan topilgan eng katta va yaxshi saqlangan xazina hisoblanadi.
© Agentstvo Kultunogo naslediya Moneti 15 veka naydennie mestnimi jitelyami v Surxandarye
Moneti 15 veka naydennie mestnimi jitelyami v Surxandarye
O‘z kuchini yo‘qotgan, lekin tashqi qiyofasini saqlab qolgan qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul aks etgan. Bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilar hisoblanadi.
Shuningdek, tangalarning reversida, ya’ni bet tarafida "Samarqand", "Adliyya" so‘zlari, hijriy 823 (milodiy 1420-yil), 832 (milodiy 1428-yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan.
© Agentstvo Kultunogo naslediya Moneti 15 veka naydennie mestnimi jitelyami v Surxandarye
Moneti 15 veka naydennie mestnimi jitelyami v Surxandarye
Eng qizig‘i tangalarni topgan fuqarolar ularni talon-taroj qilishga ham ulgurishgan. Ayni paytda Inspeksiya, Agentlik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu hududni o‘z muhofazasiga olgan.
Bugundan boshlab, Sariosiyo tumani To‘palang darosi hududida ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Ayni damda Madaniy meros agentligi tomonidan aholi orasida qadimiy yodgorliklarni saqlab qolish, ularga zarar yetkazmaslik bo‘yicha fuqarolarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlari olib bobrilmoqda. Shuningdek, ixtiyoriy ravishda davlatga topshirilgan madaniy me’ros uchun davlat tomonidan qonuniy ravishda mukofot puli to‘lanishi ham eslatib o‘tilmoqda.