Portlashlar, otishmalar va evakuatsiya: Donesk va Luganskda kechasi nimalar sodir bo‘ldi

© Sputnik / Olesya Potapova / Mediabankka o‘tishV Luganske proizoshli dva vzriva
V Luganske proizoshli dva vzriva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2022
Obuna bo‘lish
Donesk va Luganskda kechasi nimalar sodir bo‘ldi.
Donesk va Lugansk xalq respublikalari vakillari Ukraina xavfsizlik kuchlari ularning pozitsiyalariga qarata o‘t ochganini ma’lum qildi. Doneskda ular Kiyev mojaroni kuch bilan hal qilishga tayyor, deb hisoblamoqda.
"Kiyev istalgan vaqtda keng ko‘lamli hujumga o‘tishi mumkin, vaziyat o‘ta og‘ir. Afsuski, Donbassdagi vaziyat urushga qarab bormoqda", - Donesk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin.
Aholini evakuatsiya qilish boshlandi: 25 ming kishi LNRni tark etdi. Bu ayollar va bolalar. Erkaklar qolishmoqda.
Donbassdan kelgan qochqinlar nafaqat Rostov viloyatida, balki Qrim va boshqa hududlarda joylashtirilishi mumkin.
DNR va LNR aholisi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Rossiyaga ham jamoat, ham shaxsiy transportda o‘tishlari mumkin.
Rostov viloyatida FVV qochqinlar uchun lagerlarni tayyorlamoqda.
Poyezd bugun yo‘lga qo‘yiladi. Har bir poyezd o‘n vagondan iborat. Ular qochqinlarni olib ketishadi.
Qochqinlarga yordam puli (10 ming rubl) 24 soat ichida beriladi.
Mahalliy hokimiyat butun tun davomida Ukraina tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.
YeXHT missiyasi mojaro avj olgan hududlarga to‘siqlarsiz kirishni talab qildi, tinch aholi uchun keskinlikni kamaytirishga chaqirdi.
Luganskda ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Gaz quvuri yonib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0