AQSh Donbassga qachon o‘t qo‘yadi?

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya soldat VSU vo Lvovskoy oblasti
Voyennie ucheniya soldat VSU vo Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2022
Obuna bo‘lish
Mart oyining boshida Donbass hududida Ukraina jangarilarining keng ko‘lamli provokatsiyasi sodir bo‘lishi ehtimoli katta. Ular uzoq vaqtdan beri hamma narsaga tayyor.
Oq uy Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishi” sanasini kechiktirishda davom etmoqda. Oktabr va dekabrda ular yo‘llarning biroz muzlashini kutayotgan bo‘lsa, endi ular yo‘llarning muzdan erishini kutmoqda. Yo‘llar muzlab, erib ham ketdi, qor yog‘di va to‘xtadi, lekin rus tanklari hujumga o‘tmadi.
Ammo keling, vaziyatga boshqa tomondan qaraylik. Amerikaliklar ukrainaliklarning proksi-qo‘shinlarini qachon Donbassga jshnatishadi? Nega ular shu paytgacha buni qilmagan, ularga nima to‘sqinlik qilmoqda? Xullas, Amerika qachon provokatsiya uyushtirib, haqiqiy rus yerlariga bostirib kirishi mumkin?
Taxminan sentabr oyidan boshlab, Rossiyaning Ukrainaga "bostirib kirishi" haqidagi shov-shuviga parallel ravishda, AQShda Federal Rezervning asosiy stavkasini oshirish zarurati haqida qizg‘in bahs-munozaralar davom etib kelmoqda. Ushbu stavka haqidagi eng kichik ma’lumot ham jahon indekslarini tushirishga qodir, shuning uchun munozaralar qizg‘in, ammo jim, gilam ostida olib borilmoqda. Jahon hamjamiyati ularni eshitmaydi, shu sabab ularning quloqlariga doimiy ravishda Ukraina va Rossiya to‘g‘risidagi lag‘monlar osib kelishmoqda.
Bir tomondan, Fed. Rezerv stavkasini oshirish vaqti kelgani yozda allaqachon ma’lum bo‘lgandi. AQSh iqtisodi pandemiya davrida chop etilgan trillionlab hech narsa bilan ta’minlanmagan dollarlardan bo‘g‘ilib qolmoqda, inflyatsiya darajasi 40-yilllik rekordga yetmoqda. "Barcha sohalarda misli ko‘rilmagan darajada katta chayqovchilik pufagi paydo bo‘lgan" deb izoh bergandi AQShning fond bozoridagi vaziyatga 2007-yildagi moliyaviy inqirozni bashorat qilgan investor Maykl Byurri.
Aynan shunday vaziyatda Fed. Rezerv odatda “changutgich”ni qo‘shadi va iqtisoddagi “ortiqcha” pularni va pufaklarni so‘rib oladi, xullas AQSh iqtisodiyotini muvozanatga keltiradi.
Boshqa tomondan, bunday ekstremal sharoitda hech kim asosiy stavkani oshirmagan edi. Dou-Jons indeksi keskin qulashidan (1987 yildagi kabi) hali ikki yil ham o‘tmadi o‘tmadi. Amerika bozorlari hatto Fed. Rezerv stavkasini oshirish va’dalariga ham asabiy reaksiya namoyish qilmoqda.Mark Sukerburgning Meta kompaniyasi (sobiq Faysbuk) aksiyalari bir hafta oldin 25 % tushib ketib haligacha tiklanmagan. Boshqa "yuqori texnologiyali" kompaniyalar aksiyalari uchun ham vaziyat juda noaniq.
Umuman olganda, stavkani oshirishning asosiy xavfi shundaki, aksiyalar keskin qulaydi va "eng katta spekulyativ pufaklar" tartibsiz yorila boshlaydi. Afsonaviy Goldman Sachs banki rahbariyati aytishiga ko‘ra, Fed.Rezerv bu yil asosiy stavkani besh marotaba oshirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz: 2005-2006 yillarda Fed. Rezerv rahbari Ben Bernanke inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun stavkalarni ketma-ket o‘n etti marta oshirdi. Natijada ipoteka to‘lovlari ham ko‘paydi. Ma’lum bir kun, amerikaliklar ularni to‘lashga qurbi yetmay qoldi va ipoteka pufagi yorilib ketdi va 2007-2008 yillardagi ipoteka inqirozi boshlandi. Uni bugun AQShda Buyuk Depressiya bilan ochiqchasiga qiyoslashmoqda. Amerikaliklar bankrot bo‘lishdi, ichishdi va o‘zlarini o‘ldirishdi. Ammo Goldman Sachs o‘shanda Fed. Rezervdan juda ko‘p pul oldi. Shu yerda o‘z o‘zidan savol paydo bo‘ladi: "Fed qayerdan boshlanadi va Goldman Sachs qayerda tugaydi?"
Shu munosabat bilan "ikkinchi qiyin" savolham tug‘iladi: "Amerikaliklar bugun birja turbulentligiga qanday munosabatda bo‘lishadi?" 2020-yilning bahorida ular ommaviy ravishda aksiyalarni sotib olishgan edi, endi bo‘lsa ular bir zumda qadrsizlanib qolishi xavfi paydo bo‘ldi. Pensiya jamg‘armasi ham bunga dosh bera olmaydi. Ko‘chmas mulk bozorida ham gigant pufak paydo bo‘lgan. Mamlakatda faqat doimiy qayta moliyalash orqali yashab turgan "zombi firmalar" soni keskin oshgan. Agar ular navbatdagi kreditni ololmasalar, mamlakat bo‘ylab bankrotliklar boshlanadi. Xo‘sh bo‘larning barchasi nima bilan tugashi mumkin? Aholi banklar tomonidan yana bir bor tunalishiga rozi bo‘ladimi? yoki Kapitoliyga jiddiy hujumlar boshlanadimi?
Ko‘rinib turibdiki, Amerika elitasida bugun ushbu savollarga javob yo‘q. Shu sababli ham bir necha oydan beri asosiy savka bilan bog‘liq masala hal bo‘lmay kelmoqda. Uning o‘sishi haqidagi e’lonlar sentabr oyida boshlangan. Keyin bu g‘oya doimiy ravishda ortga surib kelinmoqda. Maykl Byurrining o‘zi bo‘lsa - deyarli butun aksiyalar portfelini sotib yuborishga ulgurdi. Investorlar uchun eslatma - birinchi navbatda, u Tesla, Alphabet (Google) va Facebook aksiyalaridan xalos bo‘ldi. Byurri portfelining taxminan ikki foizi saqlanib qolgan, bugungi kunda ular mudofaa sanoati va dori-darmonlar ishlab chiqarishga sarmoya kiritiladi. Ya’ni, u qaysi sohalarda istiqbol ko‘rayotgani aniq: urush va tibbiyot.
Xo‘sh, bularning barchasining Donbassga qanday aloqasi bor? Xuddi avvalgi fond bozorining qulashi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgani kabi. 2020-yil 9-mart, qora dushanba kuni amerikalik oligarxlar bozorlarni qulashdi. Shimoliy Amerika va Yevropa qimmatli qog‘ozlari tez tushib ketdi. Korxonalar bankrot bo‘ldi, odamlar bankrot bo‘ldi, ommaviy ishsizlik boshlandi. Bu bir necha bankirlarning kelishilgan o‘yinlari natijasi edi – xuddi 2007-2008 yillar moliyaviy inqirozlari paytida bo‘lgani kabi. Biroq, qulashdan daromad olganlar orasida - banklar va IT-korporatsiyalar egalari ham bor. Ular hammasiga koronavirus pandemiyasi aybdor deb e’lon qilishdi.
Muammo shundaki, o‘sha paytda pandemiya hali o‘zini ko‘rsatmagan edi. To‘g‘ri odamlar kasallikka chalinayotgan va jiddiy kasal bo‘layotgan edi, ammo hech qanday lokdaun yo‘q edi, faqat Xitoy chegaralarni yopgandi. O‘n ikkinchi martda “qora payshanba” sodir bo‘ldi va oldin qo‘lamagan ko‘rsatgichlar ham quladi. Ertasi kuni Amazon egasi va qulashning asosiy foyda ko‘ruvchilaridan biri Jeff Bezos o‘zining The Washington Post gazetasi orqali Trampga murojaat qildi: “Janob prezident, bizni uyga qamang!”
Axir AQSh aholisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytib bo‘lmaydiku: hurmatli aholi, biz sizning cho‘ntagingizdan ozroq pul o‘mardik, endi sizda hech qachon pensiya yoki shaxsiy uy bo‘lmaydi, bolalaringizni universitetlarda o‘qita olmaysiz. Lekin bu muhim emas, uyda jimgina qulflangan holda o‘tiring va kasal bo‘lmang. Asr firibgarligini koronavirus bilan bog‘lashdi. Millionlab odamlarning kasalliklari va azoblaridan tushilgan koronovirus “pardasi” ortida kimdir o‘z cho‘ntagiga trillionlab dollar solib oldi.
O‘n oltinchi martda Fed. Rezervning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ehtimol, aynan shu kuni asosiy stavka oshiriladi. Va agar bu bozorlarning qulashiga olib keladigan bo‘lsa, o‘sha Bezos va Geyts Goldman Sachs va J.P.Morgan Chase janoblari bilan tandemda butun dunyoga inqiroz Rossiyaning Ukrainaga "bostirib kirishi" tufayli sodir bo‘lganligini tushuntiradi.
Aytishim kerakki, bu yo‘nalishda media-artilleriyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. CNN yaqinda "Rossiya bosqinchiligi bozorlarni dahshatga soladi". "Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi moliyaviy bozorlar uchun zarba bo‘ladi", deb mavzuni ishlab chiqadi CNBC.
Ana shu fonda, mart oyi boshida Donbass hududida Ukraina jangarilarining keng ko‘lamli provokatsiyasi sodir bo‘lishi ehtimoli katta. Ular uzoq vaqtdan beri hamma narsaga tayyor. Kimoviy qurollar esa sanoat miqyosida keltirildi. Aloqa chizig‘idagi qo‘shinlar esa soni bo‘yicha bosib olindi. “Javelinlar” ham tayyor.
Shu vaqtda amerikalik va britaniyalik “hamkorlar” harakatini diqqat bilan kuzatib borishimiz kerak. Ular uchun Donbassda qonli provokatsiya uyushtirish, keyin esa Rossiyaning odamlarni qutqarish bo‘yicha har qanday urinishini “bosqinchilik” deya e’lon qilib, bir vaqtning o‘zida bozorning qulashida ham mo‘maygina pul ishlab olishga harakat qilishadi. Faqat biznes, shaxsiy narsa yo‘q.
Eng achinarlisi shundaki, o‘tgan vaqt mobaynida qo‘shni respublika hududida haqiqatan ham “moskallar” bilan urushish yaxshi va to‘g‘ri deb o‘ylaydigan avlod o‘sgan. Bugun ular yog‘och Kalashnikovlar bilan ruslarni otish uchun mashq qilishmoqda. Shu bilan birga, buyruqlar faqat rus tilida qabul beriladi - buni CNN resportajida ko‘rishingiz mumkin. Dahshat, absurd, Kafka ham bekor.
Bu odamlar aniq narsani tushunishdan bosh tortishadi: Vashingtonga sotilishga urinib, evaziga hech narsa olishmadin. Pul yo‘q edi va hali ham yo‘q - ularning o‘rniga “Javelin”lar olib kelindi. Amerikalik kuratorlar nazorati ostida ijtimoiy soha va tibbiyot barbod bo‘ldi. Chetdan kelayotgan barcha mablag‘lar boshqaruvchi qalloblarning cho‘ntagiga yopishib qolmoqda. Arseniy Yatsenyuk o‘zining birinchi milliardini nishonlash uchun qanday ziyofat uyushtirganini eslaysizmi? Ha, bola muvaffaqiyatga erishdi. Keyinesa, odatdagidek, u qochib ketdi: AQShgami yoki Vanuatu oroliga. Qiziq, Zelenskiyda Vanuatu pasporti bormikan?
Oldin ukrainaliklar o‘zlarining mustamlakachi “rahbariyatiga” o‘zlari ishlab topgan hamma narsani berishar edi. Hozir ularda hech narsa yo‘q, demak navbat “jonini berishga”. Amerikalik bankirlar o‘z “aforasini” amalga oshirish uchun ularni “massovkaga” yollagan. Ammo bu jahannam spektaklida albatta haqiqiy qon to‘kiladi.
Bularning barchasini anglab yetish ular uchun achinarli albatta. Lekin bundan ko‘ra,o‘zlarining shumerlardan kelib chiqqaniga va "Rossiyaning tajovuzkorligi" ga ishonish osonroq. O‘shanda o‘tgan yillarda hech bo‘lmaganda qandaydir ma’no paydo bo‘ladi. Rostini aytsam, bu odamlarga achinaman.
Lekin kimga bir soniyaham achinmayman - ularni boshqaradigan firibgarga. Kichik o‘g‘rilar, ularning g‘arbiy xo‘jayinlari hech qachon haqiqatan ham jiddiy odamlar o‘z bizneslarini qiladigan joyga yaqinlashtirmaydilar. Arzon to‘lov va Mayamidagi kvartira uchun mamlakatni ham, xalqni ham sotishga tayyor bo‘lgan go‘yoki-siyosatchilar.
Qarang, Vladimir Zelenskiy o‘zining bo‘lajak bonuslarini ishlab chiqayotganda va Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rayotganda, grivna inflyatsiyasi cho‘qqiga chiqdi va Ukraina iqtisodiyoti yana bir antirekordga erishmoqda. Oddiy qilib aytganda, Ukraina fuqarolari so‘nggi tiyinlarini ham yo‘qotmoqda, ularning prezidenti esa bundan pul ishlab topmoqda. Va keyin ba’zi fuqarolar, jiddiylik bilan, bu prezident uchun kurashmoqchi. Bolalar, nega siz aqldan ozgansiz?
Yangiliklar lentasi
0