https://oz.sputniknews.uz/20220209/ozbekiston-magistral-elektr-tarmoqlari-tizimi-22627353.html
O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi yanada rivojlantiriladi
O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi yanada rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi, magistral elektr tarmoqlari tizimi rivojlantiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
2022-02-09T13:23+0500
2022-02-09T13:23+0500
2022-02-09T13:23+0500
iqtisod
elektr energiyasi
energetika vazirligi
jahon banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21679318_501:674:2197:1628_1920x0_80_0_0_88441804208ba8a39a815d9690e6687a.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi, magistral elektr tarmoqlari tizimi rivojlantiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.Hujjat respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida qabul qilindi.Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalar va “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga balans qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkaziladi. Bunda xo‘jalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga o‘tkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan 2021-yil 25-iyunda investitsiya loyihalarini quyidagi mablag‘lar hisobiga moliyashtirish kelishilgan:- Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 330 mln dollarga teng imtiyozli va 50 mln dollarga teng imtiyozsiz kreditlari;- Yashil iqlim jamg‘armasining 43 mln dollarga teng imtiyozli krediti va 4 mln dollarga teng grant mablag‘lari.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21679318_221:0:2392:1628_1920x0_80_0_0_5e614c09a776548456d3c45b0d7eb073.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasi
o‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasi
O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari tizimi yanada rivojlantiriladi
Mamlakat elektr energetika sektorini transformatsiya qilish rejalashtirilgan. Bunda Jahon banki yordam beradi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi, magistral elektr tarmoqlari tizimi rivojlantiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan
tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
Hujjat respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligi va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish;
Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (II faza);
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan va mablag‘lar iqtisod qilinishi kutilayotgan xalqaro moliya institutlarining kreditlari ro‘yxati.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalar va “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi 110-500 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga balans qiymati bo‘yicha shtat birliklari bilan birga o‘tkaziladi. Bunda xo‘jalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga o‘tkazilayotgan mulki va mulkiy huquqlari soliqqa tortishning barcha turlari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Jahon bankining direktorlar kengashi tomonidan 2021-yil 25-iyunda investitsiya loyihalarini quyidagi mablag‘lar hisobiga moliyashtirish kelishilgan:
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 330 mln dollarga teng imtiyozli va 50 mln dollarga teng imtiyozsiz kreditlari;
- Yashil iqlim jamg‘armasining 43 mln dollarga teng imtiyozli krediti va 4 mln dollarga teng grant mablag‘lari.