https://oz.sputniknews.uz/20220207/ozbekistonlik-dzyudochilar-medal-22589716.html
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Parij “Katta dubulg‘a” musobaqasini uchta medal bilan yakunladi. Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etdi.
2022-02-07T17:03+0500
2022-02-07T17:03+0500
2022-02-07T17:03+0500
sport
dzudo
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22589423_0:85:1300:816_1920x0_80_0_0_f3eb766699e1826d971776ae0d6b59f5.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Parij “Katta dubulg‘a” musobaqasini uchta medal bilan yakunladi. Bu haqda mamlakat dzudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etganTurnirning ikkinchi kuni Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Fransis Gautiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini qo‘shimcha bo‘limda mag‘lubiyatga uchratdi.Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonovning (-90 kg) raqibi gruziyalik Beka Griniashvili yarim finalda taqiqlangan harakat uchun xansoke, ya’ni jazo olgani uchun tatamiga chiqmadi. Natijada g‘alaba o‘z o‘zidan Bobonovga berildi.Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda niderlandiyalik tajribali raqib Mixayel Korrelni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.Dzudochilar 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘lishgan.O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo‘ldi. Fransiyaliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Mo‘g‘iliston dzudochilari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22589423_0:0:1300:975_1920x0_80_0_0_6eecf02bbe84821a89378509bda3229b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston dzudo jamoasi parij katta dubulg‘a musobaqasi medal
o‘zbekiston dzudo jamoasi parij katta dubulg‘a musobaqasi medal
O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” musobaqasida uchta medalni qo‘lga kiritishdi
Parijdagi nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Parij “Katta dubulg‘a” musobaqasini uchta medal bilan yakunladi. Bu haqda mamlakat dzudo federatsiyasi matbuot xizmati
xabar qildi. Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqada 5 nafar o‘zbekistonlik dzudochilari ishtirok etgan
Turnirning ikkinchi kuni Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda kanadalik Fransis Gautiyerga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini qo‘shimcha bo‘limda mag‘lubiyatga uchratdi.
Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonovning (-90 kg) raqibi gruziyalik Beka Griniashvili yarim finalda taqiqlangan harakat uchun xansoke, ya’ni jazo olgani uchun tatamiga chiqmadi. Natijada g‘alaba o‘z o‘zidan Bobonovga berildi.
Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda niderlandiyalik tajribali raqib Mixayel Korrelni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Dzudochilar 500 reyting ochkosiga ham ega bo‘lishgan.
O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi bo‘ldi. Fransiyaliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Mo‘g‘iliston dzudochilari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.