https://oz.sputniknews.uz/20220202/nomaqbul-xorijlik-rossiya-iiv-qoidalarga-ozgartirish-kiritmoqchi-22504838.html
“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi
“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi
2022-02-02T16:17+0500
2022-02-02T16:17+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiya
migrantlar
ichki ishlar organi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22050540_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_9cc18d7089e3da5c5a3794532d787ca0.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya IIV xorijliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda: xususan, ularning rossiyalik qarindoshlari bor-yo‘qligini hisobga olish taklif etilyapti - hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilindi.Shu o‘rinda loyihada oilaning mavjudligi IIV qaroriga qanday ta’sir qilishi aytilmagan.Shuningdek, chet el fuqarosining o‘zi migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimi va chet elliklarni ro‘yxatga olish markaziy ma’lumotlar banki tomonidan tekshirilishi belgilab qo‘yilgan.Avvalgi qoidalarida fuqaroning mamlakatda bo‘lish istalmaganligi to‘g‘risidagi qaror chet el fuqarosi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinishi ko‘rsatilgan. Yangi loyihada vaqt belgilanmagan.Amaldagi qoidalarda oilaning mavjudligi, chet el fuqarosiga nisbatan ilgari qabul qilingan nomaqbullik to‘g‘risidagi qarorlar qayd etilmagan.Amaldagi qonunga ko‘ra, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan, shuningdek, agar uning mamlakatda bo‘lishi "davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga yoki aholi salomatligiga tahdid tug‘dirsa” bunday chet el fuqarosi "nomaqbul" deb topilishi mumkin. “Nomaqbul” deb e’lon qilish uchun yana bir asos - “konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, boshqa shaxslarning ahloqi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22050540_144:0:2416:1704_1920x0_80_0_0_a5d017921b5da89e01d9f6463d8d4ac7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“nomaqbul” xorijlik nima qoidalar o‘zgartirish
“nomaqbul” xorijlik nima qoidalar o‘zgartirish
“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi
16:17 02.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiyada chet elliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirish taklif qilindi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya IIV xorijliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda: xususan, ularning rossiyalik qarindoshlari bor-yo‘qligini hisobga olish taklif etilyapti - hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilindi.
“Mamlakatda bo‘lishning nomaqbulligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun materiallarni tayyorlashda: ... chet el fuqarosida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan oila a’zolari borligi aniqlanadi”, - deyilgan hujjatda.
Shu o‘rinda loyihada oilaning mavjudligi IIV qaroriga qanday ta’sir qilishi aytilmagan.
Shuningdek, chet el fuqarosining o‘zi migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimi va chet elliklarni ro‘yxatga olish markaziy ma’lumotlar banki tomonidan tekshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Avvalgi qoidalarida fuqaroning mamlakatda bo‘lish istalmaganligi to‘g‘risidagi qaror chet el fuqarosi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinishi ko‘rsatilgan. Yangi loyihada vaqt belgilanmagan.
Amaldagi qoidalarda oilaning mavjudligi, chet el fuqarosiga nisbatan ilgari qabul qilingan nomaqbullik to‘g‘risidagi qarorlar qayd etilmagan.
Amaldagi qonunga ko‘ra, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan, shuningdek, agar uning mamlakatda bo‘lishi "davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga yoki aholi salomatligiga tahdid tug‘dirsa” bunday chet el fuqarosi "nomaqbul" deb topilishi mumkin. “Nomaqbul” deb e’lon qilish uchun yana bir asos - “konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, boshqa shaxslarning ahloqi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”.