https://oz.sputniknews.uz/20220126/iqtisodiy-kompleks-rahbarlari-va-hokimlar-oldiga-qanday-vazifalar-qoyildi-22398221.html
Iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga qanday vazifalar qo‘yildi
Iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga qanday vazifalar qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident kelgusi faoliyatda iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga eng asosiy e’tibor qaratish shart ekanini ta’kidladi.
2022-01-26T18:52+0500
2022-01-26T18:52+0500
2022-01-26T18:52+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hokimlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22398550_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_2bd1904091f5666c29e2494d473e5c89.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalari qamrab olingan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Prezident kelgusi faoliyatda iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga eng asosiy e’tibor qaratish shart ekanini ta’kidladi.Yig‘ilishda shu yuzasidan barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:Ma’lum qilinishicha, Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olingan.Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.O‘zbekiston Markaziy Osiyo lideri bo‘ladimi - iqtisodchilar fikri"Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart. Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini to‘liq safarbar qilishlari zarur”, - dedi prezident.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22398550_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_e6067c407fed88c35ef6a7ae5578cf20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodiyot qo‘yilgan vazifalar rahbarlar hokimlar
iqtisodiyot qo‘yilgan vazifalar rahbarlar hokimlar
Iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga qanday vazifalar qo‘yildi
Mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish, kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish, inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik asosiy vazifalardan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalari qamrab olingan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident kelgusi faoliyatda iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga eng asosiy e’tibor qaratish shart ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishda shu yuzasidan barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish va kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish;
joriy yilda inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik;
joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so‘m kreditlarni “mahallabay” kafolatli yetib borishini ta’minlash;
budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;
dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga oshirib, agrar tarmoqda yillik o‘sishni kamida 5 foizga yetkazish.
yaqin besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish.
Ma’lum qilinishicha, Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olingan.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
"Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart. Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini to‘liq safarbar qilishlari zarur”, -
dedi prezident.