https://oz.sputniknews.uz/20220125/bayden-rekord-darajali-inflyatsiyani-katta-aktiv-deb-atadi--22371398.html
Bayden rekord darajali inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi
Bayden rekord darajali inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti rekord darajali inflyatsiyadan xursand ekanini aytib, ushbu savolni bergan jurnalistni haqorat qildi.
2022-01-25T16:13+0500
2022-01-25T16:13+0500
2022-01-25T23:12+0500
dunyoda
aqsh
iqtisod
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20552349_0:40:2887:1664_1920x0_80_0_0_c493d67bc3fd5975bec5bd7d0e4c5bf1.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Jo Bayden AQShda ushbu yil rekord darajasiga - 7%g ko‘tarilgan inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The Wall Street Journalga asosan. Fox News telekanali jurnalisti Piter Dusi Raqobat kengashi majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan brifingda Amerika prezidentidan saylovlar oldidan narxlar oshishini "siyosiy to‘siq" deb hisoblaydimi yoki yo‘q deb so‘ragan edi. Ma’lumot uchun, pandemiya oqibatlarini yumshatish choralari sifatida Kongress va Federal rezerv tizimi tomonidan iqtisodga katta miqdorda "yordam puli" quyish oqibatida, AQShda inflyatsiya miqdori so‘nggi 40-yilda ilk bor misli ko‘rilmagan 7% darajasiga ko‘tarilgan. So‘nggi bor bunga yaqin raqamlar 1982-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda 7,2 % inflyatsiya natijasida ko‘chmas mulk, avtomobillar va oziq-ovqat narxi oshgan edi.AQSh markaziy banki mart oyidan boshlab foiz stavkasini oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda bank stavkani oshirib, lekin iqtisod susayishi va ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. AQSh OAVlarida keltirilgan ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Jo Bayden va Demokratik partiya navbatdagi saylov vaqtida narxlar oshishi oqibatida jamiyatda yuzaga kelgan norozilik oqibatlariga albatta duch keladi. AQShda oraliq saylovlar ushbu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20552349_58:0:2787:2047_1920x0_80_0_0_3fba3b2fa66dc3b8872b13057f721caf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh prezidenti inflyatsiya bayden jurnalist
aqsh prezidenti inflyatsiya bayden jurnalist
Bayden rekord darajali inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi
16:13 25.01.2022 (yangilandi: 23:12 25.01.2022) AQSh prezidenti rekord darajali inflyatsiyadan xursand ekanini aytib, ushbu savolni bergan jurnalistni haqorat qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Jo Bayden AQShda ushbu yil rekord darajasiga - 7%g ko‘tarilgan inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti
The Wall Street Journalga asosan.
Fox News telekanali jurnalisti Piter Dusi Raqobat kengashi majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan brifingda Amerika prezidentidan saylovlar oldidan narxlar oshishini "siyosiy to‘siq" deb hisoblaydimi yoki yo‘q deb so‘ragan edi.
"Bu katta aktiv! Ko‘proq inflyatsiya bo‘lsin!", - deb javob berdi Bayden va shundan so‘ng OAV xodimini "Itdan tarqagan axmoq" deb haqoratladi.
Ma’lumot uchun, pandemiya oqibatlarini yumshatish choralari sifatida Kongress va Federal rezerv tizimi tomonidan iqtisodga katta miqdorda "yordam puli" quyish oqibatida, AQShda inflyatsiya miqdori so‘nggi 40-yilda ilk bor misli ko‘rilmagan 7% darajasiga ko‘tarilgan. So‘nggi bor bunga yaqin raqamlar 1982-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda 7,2 % inflyatsiya natijasida ko‘chmas mulk, avtomobillar va oziq-ovqat narxi oshgan edi.
AQSh markaziy banki mart oyidan boshlab foiz stavkasini oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda bank stavkani oshirib, lekin iqtisod susayishi va ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi.
AQSh OAVlarida keltirilgan ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Jo Bayden va Demokratik partiya navbatdagi saylov vaqtida narxlar oshishi oqibatida jamiyatda yuzaga kelgan norozilik oqibatlariga albatta duch keladi. AQShda oraliq saylovlar ushbu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.