https://oz.sputniknews.uz/20220120/samarqand-tumani-tugatiladi--22298520.html
Samarqand tumani tugatiladi
Samarqand tumani tugatiladi
Sputnik O‘zbekiston
Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
2022-01-20T15:15+0500
2022-01-20T15:15+0500
2022-01-20T15:15+0500
jamiyat
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16128333_0:0:2969:1671_1920x0_80_0_0_ba2a90b737149c8425ef5a979724b55d.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari ham o‘zgaradi.Quyidagi tumanlarning ma’lum bir hududi Samarqand shahri tarkibiga kiritiladi:Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Darg‘om tumani tarkibiga kiritiladi.Toyloq tumani tarkibiga esa Samarqand tumani hududidan 29 283 gektar yer maydoni o‘tkaziladi.Samarqand shahrida qanday yangi tumanlar paydo bo‘ladiSamarqand shahri tarkibida Qorasuv tumani (umumiy yer maydoni 8 250 gektar), Sug‘diyona tumani (maydoni 3 741 gektar), Siyob tumani (maydoni 4 846 gektar), Bog‘ishamol tumani (3 246), Maroqand tumani (maydoni 8 333 gektar) tashkil etiladi.Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.Samarqand millionli shaharga aylanmoqdaChegarasi o‘zgarayotgan Toyloq, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatlari hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16128333_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_2d48f8210ed3f2e8ae530f9027245a99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand yangi tumanlar
Samarqand tumani tugatiladi
Oqdaryo, Past Darg‘om, Toyloq tumanlarining ma’muriy-hududiy chegaralari ham o‘zgaradi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi jamoatchilik
muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan Samarqand tumanini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatish ko‘zda tutilmoqda.
Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari ham o‘zgaradi.
Quyidagi tumanlarning ma’lum bir hududi Samarqand shahri tarkibiga kiritiladi:
Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar;
Samarqand tumanidan 12 975 gektar;
Past Darg‘om tumanidan 1 245 gektar;
Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer.
Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Darg‘om tumani tarkibiga kiritiladi.Toyloq tumani tarkibiga esa Samarqand tumani hududidan 29 283 gektar yer maydoni o‘tkaziladi.
Samarqand shahri tarkibida Qorasuv tumani (umumiy yer maydoni 8 250 gektar), Sug‘diyona tumani (maydoni 3 741 gektar), Siyob tumani (maydoni 4 846 gektar), Bog‘ishamol tumani (3 246), Maroqand tumani (maydoni 8 333 gektar) tashkil etiladi.
Yangi tashkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.
Chegarasi o‘zgarayotgan Toyloq, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatlari hisoblanadi.