https://oz.sputniknews.uz/20220120/mirziyoev-sirdaryo-va-xorazm-viloyati-hokimlariga-hayfsan-elon-qildi-22303058.html
Mirziyoyev Sirdaryo va Xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi
Mirziyoyev Sirdaryo va Xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.
2022-01-20T18:07+0500
2022-01-20T18:07+0500
2022-01-20T19:19+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21268220_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_a4cb9c2424b2ebd5594a8867004d247c.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.Unda davlat rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki obyektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh obyektlar sotilmasdan turibdi.Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlari, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun “O‘zagroservis” jamiyati raisi R.Xayitov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21268220_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_aa630b339221029c8c1a293299f7ab83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev sirdaryo va xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi
mirziyoyev sirdaryo va xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi
Mirziyoyev Sirdaryo va Xorazm viloyati hokimlariga “hayfsan” e’lon qildi
18:07 20.01.2022 (yangilandi: 19:19 20.01.2022) Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Unda davlat rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.
Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki obyektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.
Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh obyektlar sotilmasdan turibdi.
Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun “hayfsan” e’lon qilindi.
Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlari, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun “O‘zagroservis” jamiyati raisi R.Xayitov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.