Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdi - SSV

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, uyda davolanishga yoki maxsus shifoxonaga yuboriladi.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida 12 ta maxsus COVID poliklinikalari ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekistonda koronavirusning yangi holatlari eng ko‘p aniqlanayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida bittadan 24-soat ishlaydigan maxsus COVID poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
koronavirus infeksiyasi avj olishining oldini olish;
koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish;
koronavirusga chalingan bemorlarga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan. Maxsus COVID-poliklinikalar manzillari bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta’minlangan.
Murojaat qilgan bemorlar og‘irlik darajasiga ko‘ra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan "COVID-box"lar beriladi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi avj olishi, ayniqsa Omicron shtammi sababli vaziyat ancha tahlikali bo‘lgani tufayli ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashni boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0