https://oz.sputniknews.uz/20211228/rossiyada-sssr-tarqalgan-kun---rasman-xotira-kuniga-aylanishi-mumkin-21977524.html
SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin
SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Bu biz uchun tarixiy saboq bo‘lishi kerak - Rossiyada SSSR tarqalgan kuni Xotira kuni sifatida eslab qolish taklif qilindi.
2021-12-28T10:48+0500
2021-12-28T10:48+0500
2023-04-05T18:35+0500
rossiya
sssr
xotira kuni
rossiya davlat dumasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/05/16132485_0:162:3067:1887_1920x0_80_0_0_3364158f1db76be9a0126ac2267a45fe.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining rasmiy kalendarida yana bir xotira kuni paydo bo‘lishi mumkin. Davlat Dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov (LDPR partiyasidan) 26-dekabr SSSR tarqalgan kunni - rasman Xotira kuni sifatida belgilovchi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi.Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Chernishov SSSRning tugatilishi - qanday katta tragediyaga olib kelgani haqida aytib berdi. Agar biz o‘z davlatimizga chuqur o‘ylamasdan, yengiltak munosabatda bo‘lsak hammasini bir zumda yo‘qotishimiz mumkin. Ma’lumot uchun, rasmiy ravishda SSSR "Belovej kelishuvlari" imzolangan kun - 1991-yilning 8-dekabrda o‘z faoliyatini to‘xtatdi, ammo 25-dekabrgacha respublikalar rahbarlari qurolli kuchlarni taqsimlash to‘g‘risida kelishib oldilar va boshqa murakkab masalalarni muhokama qildilar. Yakuniy qarorlarga kelgach, Mixail Gorbachov “yadro tugmasi”ni topshirdi va Markaziy televidenie orqali xalqqa xayrlashuv nutqi bilan chiqdi. 1991-yil 25-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19.35da Kreml qubbasidan SSSR bayrog‘i tushirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/05/16132485_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_0003bad02e599186c904a49c032709f0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya sssr xotira kuni duma deputat chernishov
rossiya sssr xotira kuni duma deputat chernishov
SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin
10:48 28.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Bu biz uchun tarixiy saboq bo‘lishi kerak - Rossiyada SSSR tarqalgan kuni Xotira kuni sifatida eslab qolish taklif qilindi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining rasmiy kalendarida yana bir xotira kuni paydo bo‘lishi mumkin.
Davlat Dumasi vitse-spikeri Boris Chernishov (LDPR partiyasidan) 26-dekabr SSSR tarqalgan kunni - rasman Xotira kuni sifatida belgilovchi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi.
Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Chernishov SSSRning tugatilishi - qanday katta tragediyaga olib kelgani haqida aytib berdi.
"O‘sha vaqtdagi Sovet Ittifoqi rahbariyati katta jinoyat, o‘z aholisiga nisbatan sotqinlik qildi. Ularning mas’uliyatsizligi tufayli millionlab kishilar o‘z ishini yo‘qotdi, millatchilik kuchaydi, millionlab aholi o‘z uy joylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, hududiy yaxlitlik yo‘qoldi, migratsiya kuchaydi", - deydi deputat.
Agar biz o‘z davlatimizga chuqur o‘ylamasdan, yengiltak munosabatda bo‘lsak hammasini bir zumda yo‘qotishimiz mumkin.
Biz o‘z tariximizning nafaqat shonli varaqlarini, balkim og‘ir kechgan damlarini ham unutmasligimiz kerak. Biz ushbu saboqni bir umurga eslab qolishimiz kerak. Besh 10, 20 yoki 30-yildan so‘ng davlat boshiga kim kelishi noma’lum. Axir Rossiya Imperiyasi yoki Sovet Ittifoqi bir zumda tarqalib ketishini hech kim tasavvur ham qila olmas edi-ku? shuni uchun ushbu saboqni - bir umrga uqib olish kerak", - dedi Boris Chernishov.
Ma’lumot uchun, rasmiy ravishda SSSR "Belovej kelishuvlari" imzolangan kun - 1991-yilning 8-dekabrda o‘z faoliyatini to‘xtatdi, ammo 25-dekabrgacha respublikalar rahbarlari qurolli kuchlarni taqsimlash to‘g‘risida kelishib oldilar va boshqa murakkab masalalarni muhokama qildilar. Yakuniy qarorlarga kelgach, Mixail Gorbachov “yadro tugmasi”ni topshirdi va Markaziy televidenie orqali xalqqa xayrlashuv nutqi bilan chiqdi. 1991-yil 25-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 19.35da Kreml qubbasidan SSSR bayrog‘i tushirildi.