Rossiya O‘zbekistonda yashayotgan yuzlab vatandoshlarga yordam berdi

Pojilie lyudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya elchixonasi va Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda yashayotgan vatandoshlarga, Ikkinchi jahon urushi veteranlariga hamda Afg‘oniston urushi veteranlariga moddiy yordam ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2021-yilda 800ga yaqin vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.
Malginov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan vatandoshlarga Rossiya elchixonasi faol yordam berib kelmoqda. Xususan, 2021-yilda 800ga yaqin kishiga moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Diplomat aytishig ko‘ra, ushbu yordam an’anaviy "yaxshi ishlar dekadasi" dasturi doirasida va Mudofaa vazirligi yo‘nalishi bo‘yicha - asosan Ikkinchi jahon urushi veteranlariga hamda Afg‘onistonda xizmat qilganlarga va invalidlarga ko‘rsatilmoqda.
Malginov aytishiga ko‘ra, Rossiya elchixonasi ushbu yil davomida O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish maqsadida 60ga yaqin tadbirlar o‘tkazgan. Ular orasida festivallar, rus tili haftaligi, konferensiya, seminar, davra suhbatlari va onlayn tadbirlar bor.
"Rus tili xalqarimiz orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Shu sababli ham elchixona va Rossotrudnichestvoning vakolatxonasi O‘zbekistonda rus tilini saqlab qolish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda", - dedi Rossiya elchisi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda rus tilida so‘zlashadigan aholi soni keskin kamayishi kuzatilmayapti. Xususan 2017-2020 yillarda O‘zbekistonda rusiyzabon fuqarolar soni 1,3%ga kamaygan va 720,3 kishini tashkil qiladi. Vaholanki 1991- 2011-yillar orasida ana shunday aholi miqdori 1,9 baravar kamayib ketgan edi. Bunga asosiy sabab - SSSR tarqalib ketishi va kishilarning o‘z qarindoshlari bilan aloqalarini saqlab qolish istagi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0