Rossiyaning Markaziy Osiyodagi elchilari Toshkentda uchrashishdi

© press-slujba Posolstva Rossii v UzbekistanePosli Rossii v stranax Sentralnoy Azii vstretilis v Tashkente
Posli Rossii v stranax Sentralnoy Azii vstretilis v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlik qilish bo‘ldi.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Toshkentda Rossiyaning Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchilarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko olib bordi. Unda Rossiya TIVining 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida Prezident Vladimir Putin tomonidan diplomatik xizmat oldiga qo‘yilgan vazifalarning amaliy ijrosi iuhokama qilindi.
Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar mintaqadagi mavjud vaziyatni hamda qo‘shni va yirik mintaqaviy bo‘lmagan davlatlarning MOdagi vaziyatga ta’sirini tahlil qilishdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan imtiyozli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari qurish maqsadida, Rossiya Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalarini muhokama qilindi.
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda Rossiya va Markaziy Osiyo uchun muhim loyihalarni diplomatik qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, suhbat davomida Afg‘onistondagi vaziyat va uning ehtimoliy o‘zgarishi tufayli mintaqa mamlakatlari uchun yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘lishi ehtimoli ham muhokama qilindi.
Rossiya diplomatlari kelgusida ham ana shunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotidan foydalanish rejalashtirilgan.
© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko.
Shu kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va ushbu mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlaridagi diplomatik vakillarini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar va baho berdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Yangiliklar lentasi
0