"Indenim" savdo markazi nima sababdan portlagani aniq bo‘ldi

© Daryo.uzVzriv gaza v TS "Indenim", g. Denau
Vzriv gaza v TS Indenim, g. Denau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Savdo markazi portlashiga sabab, uning qurilish va shaharsozlik normalaniga amal qilmagan holda gaz quvurining ustiga qurilishi bo‘lgan.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 7-dekabr kuni portlab ketgan "Indenim" savdo markazi, qurilish normalari buzilgan holda, gaz quvurining ustiga qurilgani sababli baxsiz hodisa yuz bergan. Bu haqida hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Denov tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan majlisda "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2013-yilda qurilgan savdo majmuasi, Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri ustida qurilgani. Vaholanki, amaldagi qurilish normalari va shaharsozlik qoidalariga muvofiq, har qanday bino va inshoot poydevori gaz quvuri orasida 4 metr masofaa bo‘lishi kerak, deyilgan xabarda.
"Indenim" savdo majmuasi gaz quvurining aynan ustida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish imkoni ham bo‘lmagan. Bino ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lgan, - deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng Surxonaryo hokimi tumanda aniqlangan yana 25ta ana shunday qoidabuzarliklar bilan qurilgan bino va inshootlarni gaz ta’minotidan uzish haqida topshiriq berdi. Viloyatdagi barcha ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish, qoidabuzarliklar aniqlanganda ularni ham gaz tarmog‘idan uzish vazifasini qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Denovda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida alohida to‘xtalib o‘tgandi. Prezident "yong‘in xavfsizligini ta’minlash, texnik standartlarga amalga qilish, pala-partish qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishi shart" - degan edi.
Yangiliklar lentasi
0