Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

© pexels/EKATERINA BOLOVTSOVAMolotok sudi
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi metro vagonida 13 yoshli qizga nojo‘ya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topdi.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Toshkent shahri “Olmazor” metro bekatida 13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlar qilgan shaxs ustidan sud bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining xabar berishicha, yopiq sud jarayoni bo‘yicha sud hukmi e’lon qilingan.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi K.Sh. (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2-yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1-yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.
Ukazateli stansiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qidirilmoqda
Avvalroq Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0