https://oz.sputniknews.uz/20211206/hokim-yordamchisi-lavozimida-kimlar-ishlashi-mumkin-21660480.html
Hokim yordamchisi lavozimida kimlar ishlashi mumkin
Hokim yordamchisi lavozimida kimlar ishlashi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan 2022-yil 1-yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etiladi.
2021-12-06T10:28+0500
2021-12-06T10:28+0500
2021-12-06T10:28+0500
jamiyat
hokim yordamchilari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_36:0:1766:973_1920x0_80_0_0_202096c91c2efacf29f8a5484603d150.jpg
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etiladi.Mazkur lavozimga:Farmon bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari ish boshlaydi.Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20211205/hokim-yordamchilari-qancha-maosh-olishi-malum-boldi-21652066.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173682_252:0:1549:973_1920x0_80_0_0_353381cc1b550ae5443dd50838c7a773.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hokim yordamchisi kim hokim yordamchisi bo‘lishi mumkin hokim yordamchisi bo‘lish
hokim yordamchisi kim hokim yordamchisi bo‘lishi mumkin hokim yordamchisi bo‘lish
Hokim yordamchisi lavozimida kimlar ishlashi mumkin
Prezident farmoni bilan hokim yordamchisi lavozimi ta’sis etildi. Bu lavozimga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni
qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘’ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Farmon bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari ish boshlaydi.
Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.