O‘zbekiston Xitoyga 601 million dollarlik gaz eksport qildi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka o‘tishGaz s materikovoy chasti Rossii nachal postupat v Krim
Gaz s materikovoy chasti Rossii nachal postupat v Krim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakat yanvar-oktabr oylarida Xitoyga 2,6 mln tonna gaz yetkazib bergan.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘n oylik davr yakuniga O‘zbekiston Xitoyning gaz eksportorlari orasida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Pekinga asosiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi: hisobot davrida Xitoy bu mamlakatdan 5,38 milliard dollarga 19,79 million tonna gaz import qilgan.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya band etib turibdi. Xususan, yanvar-oktabr holatiga Rossiyaning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi yillik hisobda qariyb 2,6 baravarga oshib, 5,9 mln tonnadan ziyodni tashkil etgan.
Keyingi pog‘onalarni Qozog‘iston (865 mln dollarlik 3,73 mln tonna gaz), O‘zbekiston va Myanma (1,2 mlrd dollarlik 2,5 mln tonna gaz) egallagan.
Gazovaya truba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
O‘zbekiston qishki sovuqda gazni qayerdan oladi?
Yangiliklar lentasi
0