https://oz.sputniknews.uz/20211118/aqshda-ozbekistonlik-mma-jangchisi-oldirganlikda-ayblanib-hibsga-olindi-21410863.html
AQShda o‘zbekistonlik MMA jangchisi odam o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi
AQShda o‘zbekistonlik MMA jangchisi odam o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi
Sputnik O‘zbekiston
AQShda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan MMA jangchisi Akmal Hojiyev shifokor Miran Ribatini o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi.
2021-11-18T12:44+0500
2021-11-18T12:44+0500
2021-11-18T12:54+0500
dunyoda
o‘zbekiston
aqsh
mma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21410468_0:304:1080:912_1920x0_80_0_0_85aeff9326adf00377410db3aabfbcac.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. AQShda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan MMA jangchisi Akmal Hojiyev shifokor Miran Ribatini o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi, deb xabar bermoqda MMA Junkie axborot portali.Fojia 7-noyabr kuni Guam orolida joylashgan Tamuning shahridagi jangchining uyida sodir bo‘ldi. Guam kasalxonasi shifokori Marin Ribati Xojiyevning oldiga tushlik qilish uchun mehmonga keldi. Qayd etilishicha, ular do‘st bo‘lishgan.Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi mojaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash zarurati borasida bahs sabab bo‘ldi. Ovqatlanish stolidagi tortishuv mushtlashuvga aylanib ketdi.MMA Junkie ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli sportchi qo‘lga olingan vaqtda Ribatining yonida bo‘lgan. Hojiyev o‘zi politsiyaga shifokorni o‘ldirganini aytdi.Qayd etilishicha, jangchi Instagram’dagi sahifasida emlash xavfliligi haqida bir necha bor postlar joylashtirgan. So‘nggi paytlarda u emlashga qarshi faol chiqishlar qildi."Kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati emlangan. Vaksina olmang. Bu haqiqatan ham o‘ldiradi. Haqiqatan ham!" - deb yozdi sportchi so‘nggi postlardan birida.Akmal Xojiyev haqida27 yoshli sportchi Samarqand shahrida tug‘ilgan, keyinchalik esa Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tdi. 2017-yilda Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining havo transporti va aeroportlar fakultetini tamomladi. O‘qish davrida bo‘lajak MMA chempioni "Patriot SPb" aralash yakkakurash sport klubida shug‘ullandi, yig‘inlarga borib, musobaqalarda qatnashdi.Uning so‘nggi jangi 2017-yil bahorida M-1 Global — Road to M-1: St. Petersburg da bo‘lib o‘tdi. O‘shanda sportchi Abdulaziz Jo‘raboyevni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Uning hisobida ikkita g‘alaba, mag‘lub bo‘lmagan.2018 yilda Hojiyev AQShning Mikroneziyadagi hududi joylashgan Guam oroliga ko‘chib o‘tdi. U yerda u Steel Athletics fitnes klubida murabbiy bo‘lib ishladi, biroq mashg‘ulot vaqtida bir odamni kaltaklanidan keyin ishdan bo‘shatildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211011/ozbekiston-terma-jamoasi-nukusdagi-mma-musobaqasida-markaziy-osiyo-golibi-boldi-20854193.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21410468_0:203:1080:1013_1920x0_80_0_0_e1b8aab700fe028a690a61620e7c78e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqshda o‘zbekistonlik mma jangchisi hibsga olindi
aqshda o‘zbekistonlik mma jangchisi hibsga olindi
AQShda o‘zbekistonlik MMA jangchisi odam o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi
12:44 18.11.2021 (yangilandi: 12:54 18.11.2021) AQShda o‘zbekistonlik MMA jangchisi shifokorni o‘ldirishda gumonlanmoqda.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. AQShda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan MMA jangchisi Akmal Hojiyev shifokor Miran Ribatini o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi, deb xabar bermoqda MMA Junkie axborot portali.
Fojia 7-noyabr kuni Guam orolida joylashgan Tamuning shahridagi jangchining uyida sodir bo‘ldi. Guam kasalxonasi shifokori Marin Ribati Xojiyevning oldiga tushlik qilish uchun mehmonga keldi. Qayd etilishicha, ular do‘st bo‘lishgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi mojaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash zarurati borasida bahs sabab bo‘ldi. Ovqatlanish stolidagi tortishuv mushtlashuvga aylanib ketdi.
MMA Junkie ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli sportchi qo‘lga olingan vaqtda Ribatining yonida bo‘lgan. Hojiyev o‘zi politsiyaga shifokorni o‘ldirganini aytdi.
Qayd etilishicha, jangchi Instagram’dagi sahifasida emlash xavfliligi haqida bir necha bor postlar joylashtirgan. So‘nggi paytlarda u emlashga qarshi faol chiqishlar qildi.
"Kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati emlangan. Vaksina olmang. Bu haqiqatan ham o‘ldiradi. Haqiqatan ham!" - deb yozdi sportchi so‘nggi postlardan birida.
27 yoshli sportchi Samarqand shahrida tug‘ilgan, keyinchalik esa Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tdi. 2017-yilda Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining havo transporti va aeroportlar fakultetini tamomladi. O‘qish davrida bo‘lajak MMA chempioni "Patriot SPb" aralash yakkakurash sport klubida shug‘ullandi, yig‘inlarga borib, musobaqalarda qatnashdi.
Uning so‘nggi jangi 2017-yil bahorida M-1 Global — Road to M-1: St. Petersburg da bo‘lib o‘tdi. O‘shanda sportchi Abdulaziz Jo‘raboyevni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Uning hisobida ikkita g‘alaba, mag‘lub bo‘lmagan.
2018 yilda Hojiyev AQShning Mikroneziyadagi hududi joylashgan Guam oroliga ko‘chib o‘tdi. U yerda u Steel Athletics fitnes klubida murabbiy bo‘lib ishladi, biroq mashg‘ulot vaqtida bir odamni kaltaklanidan keyin ishdan bo‘shatildi.