“Orgnabor”: Rossiya shifokorlari migrantlarni tibbiy ko‘rikdan qanday o‘tkazmoqda – video

Obuna bo‘lish
Rossiya shifokorlari 1000 nafar migrantni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya Federal Tibbiyot-biologiya agentligi (FMBA) bir guruh mutaxassislari migrantlarni tashkillashtirilgan tanlov doirasida Rossiyadagi qurilish obyektlariga borish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik ishchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Pilot loyiha: 29 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Sentabr oyi oxirida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi qurilish obyektlarida 10 mingta bo‘sh ish o‘rni ochilganini ma’lum qildi.
Rossiya hukumati qaroriga muvofiq, migrantlarning tibbiy ko‘rigi O‘zbekistonning o‘zida o‘tkazilmoqda. Rossiyalik shifokorlar mingga yaqin fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, bu haqda Rossiya FMBA birlashgan tibbiyot bo‘limi rahbari Boris Barankin Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Oldimizga qo‘yilgan vazifa - 10 ming migrantni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Bugungi kunda biz bu vazifani 10 foiz amalga oshirishdik. Pilot loyihasi to‘liq bajarilishiga shubha yo‘q.
Boris Barankin
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda shifokorlar 10 emas, 100 ming potensial migrantni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. "Bular butunlay boshqa hajm, butunlay boshqa vazifalar", - deb ta’kidladi Boris Barankin.
Shuningdek, kelgusi yilda “orgnabor”da ishtirok etishni yanada qulayroq qilish maqsadida O‘zbekiston hududlarida tibbiyot brigadalarini tashkil qilish rejalashtirilgan.
Ayni paytda shifokorlar nomzodlarga tashxis qo‘yishadi, ishga joylashish va Rossiyaga kirish uchun zarur bo‘lgan tahlil va xulosalarni bermoqda. Bundan tashqari, markazda nomzodlar “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanishi mumkin.
FBMA O‘zbekistonda Rossiya hukumatining mehnat resurslarini jalb qilish tizimini ishlab chiqish loyihasi doirasida ishlaydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashkillashtirilgan tanlov to‘g‘risidagi kelishuv migrantlarni ish joyidagi sanitariya, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga muvofiq yashash joylari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0