Hokimliklarning g‘alla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix.
Uborka urojaya zernovix. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining g‘alla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Uborka urojaya zernovix na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2021
G‘alla hosili uchun minimal narx ma’lum qilindi
Qarorga muvofiq, 2022-yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024-yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1-avgustgacha bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda e’lon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga aralashish;
- bug‘doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
- g‘allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish.
2021 – 2022-yillarda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
Yangiliklar lentasi
0