O‘zbekistonda 60 dan ortiq bozor sotilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 60 dan ortiq bozor va savdo majmualarida davlat ulushlarini sotishga hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistondagi 60 dan ortiq bozor va savdo komplekslari xususiylashtirilishi mumkin. Bu Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda bozorlar va savdo markazlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi va aksiya paketlarini bosqichma-bosqich sotish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari birinchi bosqichda eksperiment tariqasida zamonaviy ko‘rinishga keltirish, jumladan, ular negizida "hammasi bir joyda" tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan bozor va savdo komplekslari ro‘yxatini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, hujjat bilan 12 ta bozor va majmualarni yopish taklif etilgan.
Bundan tashqari, loyihaga ko‘ra, bozorlar faoliyati va mulkiy masalalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzilishi kutilmoqda. Ularga hokimlar boshchilik qiladi.
Tadqiqot natijalari asosida ular aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha yo‘l xaritalarini tayyorlaydi. Jumladan, komissiyalar bozorlarni modernizatsiya qilish, infratuzilmani yaratish, xizmatlarni raqamlashtirish, dehqonlar, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha talablarni, bozorlar va majmualarni xususiylashtirish shartlari, muddatlari va usullarini ishlab chiqadi.
Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov
Xususiylashtirishga qadar tayyorgarlik ko‘rish va bozorlarni sotuvga qo‘yish uchun Bozorlar va savdo majmualarini boshqarish ofisi tashkil etiladi. Zarur bo‘lganda, konsalting va auditorlik kompaniyalari bozorlarni baholashga jalb qilinadi.
Loyihada xususiylashtirish rejalashtirilgan bozorlar va savdo markazlari ro‘yxati keltirilgan. Ro‘yxatga 61 ta obyekt kiritilgan bo‘lib, ulardan 20 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bular orasida Toshkent shahrida joylashgan Mirobod dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, O‘rikzor savdo komleksi, Oloy dehqon bozorlari mavjud.
Yangiliklar lentasi
0