O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichisi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKomiljon Tuxtayev (Uzbekistan) na trasse supergiginta v superkombinatsii sredi mujchin na sorevnovaniyax po gornolijnomu sportu
Komiljon Tuxtayev (Uzbekistan) na trasse supergiginta v superkombinatsii sredi mujchin na sorevnovaniyax po gornolijnomu sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Komiljon To‘xtayev 2022-yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritga muvaffaq bo‘ldi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik tog‘ chang‘isichi Komiljon To‘xtayev 2022-yili Pekinda bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston chang‘i federatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Sportchi saralash bahslarida ochkolar miqdori bo‘yicha ko‘rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan meyorlarni bajarib, 2022-yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston tog‘ chang‘isi bo‘yicha bor-yo‘g‘i 2 kvotaga (1 ayol, 1 erkak) da’vo qilishi mumkin.

Saralash bosqichi 2022-yil 16-yanvargacha davom etadi. Shu tariqa O‘zbekiston qishki Olimpiya o‘yinlariga navbatdagi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Gornie liji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
O‘zbekiston Pekinda qishki sportning faqat bir turi bo‘yicha ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0