O‘zbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishStudenti Rossiyskogo gosudarstvennogo universiteta imeni A. N. Kosigina
Studenti Rossiyskogo gosudarstvennogo universiteta imeni A. N. Kosigina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Obuna bo‘lish
Hozirda O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning yana ikkita universiteti filiali ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Moskvada o‘tkazilgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda madaniy-gumanitar munosabatlarga, xususan, ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratilgan.
“Yaqin kelajakda Rossiyaning yana ikkita universiteti — Kosigin nomidagi dizayn va texnologiya universiteti va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti filiallari ochilishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Shu nuqtayi nazardan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va taraqqiyot sohasidagi hamkorlik qilish hamda Ta’lim forumi, Media-forum, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va boshqa qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Markaziy Osiyo uchun bo‘lajak pedagogik xab: Toshkentda Gersen universiteti filiali ish boshladi
Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining 15 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 1-oktabr kuni Toshkentda VGIK (Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti) filiali ochilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0