Parkentda tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki  v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Birlashma boshlig‘i va boshqa ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish hozir sudga yo‘naltirilgan.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1 mlrd 511 mln 123 ming so‘m pulni talon-toroj qilishgan. Bu tuman prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvda aniqlandi.
Tekshirish yakuniga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 2019 - 2020 moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini 1 milliard 193 million 205 ming so‘m miqdorda buzgani aniqlangan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 milliard 511 million 123 ming so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, soxtalashtirib, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan.
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
MIB xodimi qariyb 590 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura
Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan JKning 184−1-moddasi 2-qismi (Budjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 167-moddasi 3-qismi "a" bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblanuvchilarga nisbatan qamoq, uy qamog‘i va garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Hozir ish mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Parkent tuman sudiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0