https://oz.sputniknews.uz/20211018/aqshning-bazi-ittifoqchilari-uning-tashqi-siyosatidan-havotirda-20949422.html
AQShning ba’zi ittifoqchilari uning tashqi siyosatidan havotirda
AQShning ba’zi ittifoqchilari uning tashqi siyosatidan havotirda
Sputnik O‘zbekiston
Washington Post nashrining yozishicha, AQShning ba’zi ittifoqchilarini Bayden ma’muriyatining tashqi siyosati tashvishga solmoqda 18.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-18T14:09+0500
2021-10-18T14:09+0500
2021-10-18T14:09+0500
dunyoda
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20171856_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_d164bc995165321e052a9381f0b40368.jpg
TOShKENT, 18 okt –Sputnik. Washington Post gazetasining yozishicha, prezident Jo Bayden hokimiyatga kelganiga bir yil o‘tmasdan Vashingtonning ba’zi ittifoqchilari u rahbarligidagi ma’muriyatning tashqi siyosatiga ehtiyotkorlik bilan yondashishni boshladi.Yakshanba kuni chop etilgan maqolada AQShning bir necha ittifoqchi-mamlakatlaridan bo‘lgan obro‘li insonlarning so‘nggi haftalar davomida bildirgan fikrlari keltirilgan."Amerika qaytganini inkor etib bo‘lmaydi ... Ba’zida u kuchliroq, ba’zida esa unchalik ham kuchli emas", - deya Latviya prezidenti Egils Levits so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati vakilining ta’kidlashicha, AQSh milliy xavfsizligiga oid havotirlanishning har qanday qo‘rinishi "birinchi navbatda Amerika" siyosatiga qaytish sifatida qabul qilinadi.Bayden Saudiya Arabistoniga yaqin emas va bu Ar-Riyodni tashvishga solmoqda. Darhaqiqat, Tramp davrida Saudiya Arabistoni imtiyozlarga ega edi. Shu bilan birga, Bayden ko‘plab mamlakatlarga, masalan, Janubiy Koreyaga yaxshi tanish. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, avvalroq Bayden Koreya muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlariga juda oqilona yondashgan edi.Nashrda yozilishicha, AQShning Afg‘onistondan tartibsiz ravishda chiqib ketgani va Fransiya bilan aloqalari keskinlashgani fonida Vashington va uning eng ishonchli ittifoqchilari o‘rtasidagi aloqalar zaiflashgandek ko‘rinishi mumkin. Bayden o‘z lavozimini egallaganiga bir yildan oshmadi, biroq uning ko‘plab siyosiy raqiblari va ba’zi do‘stlari AQShga bo‘lgan ishonch yo‘qotildi, deb hisoblamoqda.Shunga qaramay, yevropalik amaldorning fikricha, Baydenning obro‘si uning eng muhim masalalarga oid faoliyati natijalariga bog‘liq va hatto ittifoqchilar u qabul qilgan qarorlarga qo‘shilmasa ham, prezident baribir "o‘z aytganini qilishi" kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20210901/lavrov-baydenning-boshqa-davlatlar-ishlariga-aralashmaslik-haqidagi-bayonotini-olqishladi-20327610.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20171856_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_01e132c57370d9c04d44e9773af08418.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jo bayden
AQShning ba’zi ittifoqchilari uning tashqi siyosatidan havotirda
Washington Post nashrining yozishicha, AQShning ba’zi ittifoqchilarini Bayden ma’muriyatining tashqi siyosati tashvishga solmoqda
TOShKENT, 18 okt –Sputnik. Washington Post gazetasining yozishicha, prezident Jo Bayden hokimiyatga kelganiga bir yil o‘tmasdan Vashingtonning ba’zi ittifoqchilari u rahbarligidagi ma’muriyatning tashqi siyosatiga ehtiyotkorlik bilan yondashishni boshladi.
Yakshanba kuni chop etilgan maqolada AQShning bir necha ittifoqchi-mamlakatlaridan bo‘lgan obro‘li insonlarning so‘nggi haftalar davomida bildirgan fikrlari keltirilgan.
"Amerika qaytganini inkor etib bo‘lmaydi ... Ba’zida u kuchliroq, ba’zida esa unchalik ham kuchli emas", - deya Latviya prezidenti Egils Levits so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati vakilining ta’kidlashicha, AQSh milliy xavfsizligiga oid havotirlanishning har qanday qo‘rinishi "birinchi navbatda Amerika" siyosatiga qaytish sifatida qabul qilinadi.
Bayden Saudiya Arabistoniga yaqin emas va bu Ar-Riyodni tashvishga solmoqda. Darhaqiqat, Tramp davrida Saudiya Arabistoni imtiyozlarga ega edi. Shu bilan birga, Bayden ko‘plab mamlakatlarga, masalan, Janubiy Koreyaga yaxshi tanish. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, avvalroq Bayden Koreya muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlariga juda oqilona yondashgan edi.
Nashrda yozilishicha, AQShning Afg‘onistondan tartibsiz ravishda chiqib ketgani va Fransiya bilan aloqalari keskinlashgani fonida Vashington va uning eng ishonchli ittifoqchilari o‘rtasidagi aloqalar zaiflashgandek ko‘rinishi mumkin. Bayden o‘z lavozimini egallaganiga bir yildan oshmadi, biroq uning ko‘plab siyosiy raqiblari va ba’zi do‘stlari AQShga bo‘lgan ishonch yo‘qotildi, deb hisoblamoqda.
Shunga qaramay, yevropalik amaldorning fikricha, Baydenning obro‘si uning eng muhim masalalarga oid faoliyati natijalariga bog‘liq va hatto ittifoqchilar u qabul qilgan qarorlarga qo‘shilmasa ham, prezident baribir "o‘z aytganini qilishi" kerak.