https://oz.sputniknews.uz/20211016/shavkat-mirziyoev-migrantlarni-soliqqa-tortish-haqida-qatiy-nuqtai-nazarini-aytdi-20931917.html
Men rahbar bo‘lsam migrantlar hech qachon soliqqa tortilmaydi - Mirziyoyev
Men rahbar bo‘lsam migrantlar hech qachon soliqqa tortilmaydi - Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev. 16.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-16T12:08+0500
2021-10-16T12:08+0500
2021-10-16T12:11+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
shavkat mirziyoyev
migrantlar
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20860176_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_9054002fb5e4f7f4e053d4ea9ccb779d.jpg
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Migrant yurtdoshimizning o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, deb yozadi bloger Xushnudbek.Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Alisher Qodirov chet elda ishlaydigan mehnat migrantlarini soliqqa tortish haqidagi tashabbus bilan chiqqan edi. Ayni damda ushbu tashabbus jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.“Nomzod sifatida bu masala bo‘yicha o‘zimning pozitsiyamni aniq aytib o‘tmoqchiman. Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni to‘liq to‘lab, qolgan qismini o‘z oilasiga jo‘natmoqda. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak.Bir narsani aniq tushunib olish kerak: bu – soliqqa tortiladigan daromad emas! Fuqaromiz o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi.So‘nggi kunlarda ularni daromad solig‘iga tortish haqida turli fikrlar bildirilyapti. Lekin ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi. Aksincha, ularga O‘zbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilamiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.Aytish joizki, chet elda ishlab pul topayotgan mehnat migrantlari daromadlarini O‘zbekistonda soliqqa tortish bu - noqonuniy ham. Chunki bugungi kunda O‘zbekiston 52 davlat bilan ikki tomonlama soliqqa tortmaslik haqida shartnomalar imzolagan. Ular orasida Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi aksariyat mehnat migrantlari ishlaydigan davlatlar bor.Ushbu shartnomalarga muvofiq bir davlat iqtisodiy subyekti o‘z faoiyatini ikkinchi davlatda olib borsa va u yerda soliqlarni to‘liq to‘lasa, ikkinchi davlatda uning daromadiga qaytadan soliq solinmaydi. Ya’ni O‘zbekistonda ishlaydigan Rossiya kompaniyalari yoki fuqarolari soliqlari to‘liq O‘zbekistonda to‘lanadi. Rossiyada ularning daromadidan qaytadan soliq olinmaydi va ho kazo.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/qodirov-migrantlardan-soliq-undirish-taklif-qildi-soliq-qomitasi-izoh-berdi-20923275.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20860176_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_028705293bc5b173835bc1bfdb890bae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, shavkat mirziyoyev, migrantlar, soliq
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, shavkat mirziyoyev, migrantlar, soliq
Men rahbar bo‘lsam migrantlar hech qachon soliqqa tortilmaydi - Mirziyoyev
12:08 16.10.2021 (yangilandi: 12:11 16.10.2021) Fuqaro o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Migrant yurtdoshimizning o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, deb
yozadi bloger Xushnudbek.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Alisher Qodirov chet elda ishlaydigan mehnat migrantlarini soliqqa tortish haqidagi tashabbus bilan chiqqan edi. Ayni damda ushbu tashabbus jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Nomzod sifatida bu masala bo‘yicha o‘zimning pozitsiyamni aniq aytib o‘tmoqchiman. Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni to‘liq to‘lab, qolgan qismini o‘z oilasiga jo‘natmoqda. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak.
Bir narsani aniq tushunib olish kerak: bu – soliqqa tortiladigan daromad emas! Fuqaromiz o‘z oilasiga bergan ko‘magini, daromad deb soliqqa tortib bo‘lmaydi.
Migrantlar mening fidoyi farzandlarim. Bir paytlar ularga nisbatan noto‘g‘ri ta’rif ishlatilgan edi. Lekin men bu fikrga qo‘shilmaganman. O‘zingiz o‘ylang, ular nima uchun xorijga ishga ketishgan? Noilojlikdan! Agar biz bu yerda ish bilan ta’minlab berganimizda ular xorijga ketarmidi? Yo‘q! Mana, 90-yillarda migrantlar yo‘q edi-ku.
So‘nggi kunlarda ularni daromad solig‘iga tortish haqida turli fikrlar bildirilyapti. Lekin ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi. Aksincha, ularga O‘zbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilamiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytish joizki, chet elda ishlab pul topayotgan mehnat migrantlari daromadlarini O‘zbekistonda soliqqa tortish bu - noqonuniy ham. Chunki bugungi kunda O‘zbekiston 52 davlat bilan ikki tomonlama soliqqa tortmaslik haqida shartnomalar imzolagan. Ular orasida Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi aksariyat mehnat migrantlari ishlaydigan davlatlar bor.
Ushbu shartnomalarga muvofiq bir davlat iqtisodiy subyekti o‘z faoiyatini ikkinchi davlatda olib borsa va u yerda soliqlarni to‘liq to‘lasa, ikkinchi davlatda uning daromadiga qaytadan soliq solinmaydi. Ya’ni O‘zbekistonda ishlaydigan Rossiya kompaniyalari yoki fuqarolari soliqlari to‘liq O‘zbekistonda to‘lanadi. Rossiyada ularning daromadidan qaytadan soliq olinmaydi va ho kazo.