BMT O‘zbekiston taklif etgan yoshlarga oid rezolyutsiyani tasdiqladi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vistupil s videoobrasheniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev vistupil s videoobrasheniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan SOVID-19 pandemiyaci sharoitida yoshlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tomonidan taklif qilingan SOVID-19 pandemiyasi davrida yoshlar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Rezolyutsiya BMTning Inson huquqlari kengashiga a’zo 47 davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
O‘zbekistonda yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon anjumani bo‘lib o‘tadi
"Hujjat davlatlarni yoshlarga teng imkoniyatlar yaratishga, SOVID-19 pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish borasida ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga ko‘maklashishga chaqiradi. Shuningdek, rezolyutsiyada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi global pandemiyaning yoshlar huquqlariga ta’sirini yumshatish usullari, shu jumladan yoshlarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda kamsitish holatlarini aniqlash, shu jumladan yosh ayol va qizlarga nibsatan uchraydigan”, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, prezident Mirziyoyev joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida pandemiya davrida yoshlar huquqiga oid rezolyutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish taklifini ilgari surgan edi.
Yangiliklar lentasi
0