https://oz.sputniknews.uz/20210930/ozbekistonda-10-dan-ziyod-bukmekerlik-saytlari-bloklandi-20706716.html
O‘zbekistonda 10 dan ziyod bukmekerlik saytlari bloklandi
O‘zbekistonda 10 dan ziyod bukmekerlik saytlari bloklandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan. 30.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-30T10:20+0500
2021-09-30T10:20+0500
2021-09-30T10:20+0500
jamiyat
bukmekerlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1002/47/10024729_0:190:2969:1860_1920x0_80_0_0_dc1be228aad027a88098b63dd9a1067e.jpg
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi veb-saytlari bloklandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda.Xabarda yozilishicha, o‘tgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda.Agentlik O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati noqonuniy hisoblanishini eslatgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar), shuningdek, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ga binoan bu turdagi faoliyat hali ham noqonuniy hisoblanadi.Qayd etish joizki, prezident farmoni bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmaganini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20191206/Ozbekistonda-2021-yildan-bukmekerlik-faoliyatiga-rukhsat-beriladi-12956575.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1002/47/10024729_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_d978629f71a1e85bd62ce6270b795355.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bukmekerlik
O‘zbekistonda 10 dan ziyod bukmekerlik saytlari bloklandi
O‘tgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi veb-saytlari bloklandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, o‘tgan davr mobaynida agentlik AOKA bilan birgalikda 10 dan ortiq bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi noqonuniy saytlarga kirishni cheklagan. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda.
Agentlik O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati noqonuniy hisoblanishini eslatgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar), shuningdek, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ga binoan bu turdagi faoliyat hali ham noqonuniy hisoblanadi.
Qayd etish joizki, prezident
farmoni bilan 2021-yil 1-yanvardan boshlab futbolning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi O‘zbekiston hududida bukmekerlik va totalizator faoliyatini amalga oshirish uchun biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berilmaganini ma’lum qilgan edi.