"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishV Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1-yilga uzaytirilishi mumkin.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorining 3-bandiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
2017 yildagi qarorga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar belgilangan bo‘lib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
Zdanie GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
“Gvardeyskiy GAIdagi holat”: IIBB video yuzasidan bayonot berdi
“Ammo, hozirga qadar almashtirilmagan 2 mln.dan ortiq eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini joriy yakuniga qadar almashtirishning jismoniy va texnik imkoniyati yetarli bo‘lmay, hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy holatda bir oyda 200 ming donagacha hajmda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin.
Shu sababdan, aholiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida foydalanishda qolayotgan eski haydovchilik guvohnomalarining amal qilish muddatlarini 3 oydan 1-yilgacha muddatga uzaytirish taklif etilmoqda,” – deyilgan hujjatda.
Qayd etilishicha, bunday taklif aholida almashtirilmasdan qolayotgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqildi.
Milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasi amaliyotga kiritilgan paytdan hozirgi kunga qadar (4 yilda) eski namunadagi jami salkam 5,8 mln. dona milliy haydovchilik guvohnomalarining 3,6 mln tasi yangisiga almashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0