https://oz.sputniknews.uz/20210929/jb-eksperti-ozbekistoning-tashqi-qarzi-va-biznesdagi-muammolar-haqida-20700934.html
Tashqi qarz va biznesdagi muammolar: JB eksperti asosiy sabablar haqida
Tashqi qarz va biznesdagi muammolar: JB eksperti asosiy sabablar haqida
Sputnik O‘zbekiston
Jahon bankining eksperti Anna Bryerde O‘zbekistondagi biznes muammolari va davlat tashqi qarzining ko‘payishi sabablari haqida fikr bildirdi. 29.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-29T18:23+0500
2021-09-29T18:23+0500
2021-09-29T18:48+0500
iqtisod
o‘zbekiston
tashqi qarz
jahon banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/730/27/7302733_0:179:4200:2542_1920x0_80_0_0_10faa6b0babdb7fc4dde54222c2ece72.jpg
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston iqtisodiyoti shunday bo‘lmog‘i kerak-ki, agar bitta sanoat inqirozga uchrasa, butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri minimal bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde.Uning fikriga ko‘ra, bu asosan qishloq xo‘jaligiga tobelik bilan bog‘liq. Qolaversa, o‘z yechimini kutayotgan ishsizlik muammosi ham mavjud."Biz yaqinda ikkita hisobotni e’lon qildik, ularda belgilangan maqsadlarga erishish yo‘liga g‘ov bo‘layotgan muammolar haqida so‘z boradi. Birinchi holatda, mamlakatdagi iqtisodiyot transformatsiyasi jarayoniga baho beriladi va u boshqa davlatlar bilan taqqoslanadi. Ikkinchisida erishilgan yutuqlarga urg‘u bergan holda tizimli diagnostikani amalga oshirdik", dedi Jahon banki vakili.Umuman iqtisodiyotni xususiylashtirilishi va rivojlantirilishi siyosati haqida gapirar ekan Byerde, xususiy sektorni rolini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Ekspert fikriga ko‘ra, xususiy sektor davlat ko‘magiga muhtoj – va bu birinchi navbatda, “yer va kapitaldan foydalana olishda” o‘z ifodasini topadi.Bundan tashqari, Jahon banki O‘zbekistondagi muammoli zayom ko‘rsatkichlarini monitoring qilib boradi. Hozircha bu ko‘rsatkichlar yetarlicha past, deb ta’kidladi Byerde."Jahon banki tomonidan mamlakatning barqarorligini baholash mezoniga ko‘ra, O‘zbekiston qarzi barqarordir.U haqiqatan ham o‘sdi, lekin bu o‘sish – pandemiyaga javob ekanligini tushunish muhim. Bundan tashqari, qarzning ko‘payishi so‘nggi yillarda mamlakatda ro‘y berayotgan faol islohotlar bilan izohlanadi. Qarzning har birini ham salbiy baholab bo‘lmaydi.U mamlakatga nima berayotganini tushunish muhim. Biz Moliya vazirligining ushbu yo‘nalishda olib borayotgan ishlariga guvoh bo‘layapmiz. Bu qarzni samarali boshqarish, ham shaffoflikni ta’minlashda o‘z ifodasini topmoqda", – deya aniqlik kiritdi Anna Byerde.Ekspert amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli haqida gapirar ekan, mamlakat ishlab chiqaruvchi rolidan yordamchi roliga o‘tishi hamda biznesga yordam ko‘rsatishi va unda teng sharoit-sharoitlar yaratish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.Ekspert, shuningdek, davlatning inson taraqqiyoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlarini ham qayd etdi. Xususan, ta’limga budjet sarflari oshgan. Masalan, respublikada oliy ma’lumot bilan qamrab olinish darajasi 3 barobarga oshgan. Agar 5-yil oldin bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir 26 foizga yaqin.Shunga qaramay, taraqqiyotning eng asosiy to‘sig‘i biznes uchun bu – inson kapitalining yetishmasligidir, deya xulosa qildi Anna Byerde.
https://oz.sputniknews.uz/20210918/jahon-banki-markaziy-osiyoda-ommaviy-migratsiyani-bashorat-qildi-20545253.html
https://oz.sputniknews.uz/20210617/jahon-banki-ozbekiston-soliq-sohasidagi-islohotlar-uchun-60-mln-dollar-ajratadi-19284937.html
https://oz.sputniknews.uz/20210609/jahon-banki-2021-yilda-ozbekiston-yaimi-osish-darajasini-48-da-saqlab-qoldi-19163318.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/730/27/7302733_448:0:4200:2814_1920x0_80_0_0_a223ea686157a5c3782359c68766826b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, tashqi qarz, jahon banki
iqtisod, o‘zbekiston, tashqi qarz, jahon banki
Tashqi qarz va biznesdagi muammolar: JB eksperti asosiy sabablar haqida
18:23 29.09.2021 (yangilandi: 18:48 29.09.2021) Jahon bankining eksperti Anna Bryerde O‘zbekistondagi biznes muammolari va davlat tashqi qarzining ko‘payishi sabablari haqida fikr bildirdi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston iqtisodiyoti shunday bo‘lmog‘i kerak-ki, agar bitta sanoat inqirozga uchrasa, butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri minimal bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde.
Uning fikriga ko‘ra, bu asosan qishloq xo‘jaligiga tobelik bilan bog‘liq. Qolaversa, o‘z yechimini kutayotgan ishsizlik muammosi ham mavjud.
"Biz yaqinda ikkita hisobotni e’lon qildik, ularda belgilangan maqsadlarga erishish yo‘liga g‘ov bo‘layotgan muammolar haqida so‘z boradi. Birinchi holatda, mamlakatdagi iqtisodiyot transformatsiyasi jarayoniga baho beriladi va u boshqa davlatlar bilan taqqoslanadi. Ikkinchisida erishilgan yutuqlarga urg‘u bergan holda tizimli diagnostikani amalga oshirdik", dedi Jahon banki vakili.
Umuman iqtisodiyotni xususiylashtirilishi va rivojlantirilishi siyosati haqida gapirar ekan Byerde, xususiy sektorni rolini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Ekspert fikriga ko‘ra, xususiy sektor davlat ko‘magiga muhtoj – va bu birinchi navbatda, “yer va kapitaldan foydalana olishda” o‘z ifodasini topadi.
Bundan tashqari, Jahon banki O‘zbekistondagi muammoli zayom ko‘rsatkichlarini monitoring qilib boradi. Hozircha bu ko‘rsatkichlar yetarlicha past, deb ta’kidladi Byerde.
"Jahon banki tomonidan mamlakatning barqarorligini baholash mezoniga ko‘ra, O‘zbekiston qarzi barqarordir.
U haqiqatan ham o‘sdi, lekin bu o‘sish – pandemiyaga javob ekanligini tushunish muhim. Bundan tashqari, qarzning ko‘payishi so‘nggi yillarda mamlakatda ro‘y berayotgan faol islohotlar bilan izohlanadi. Qarzning har birini ham salbiy baholab bo‘lmaydi.
U mamlakatga nima berayotganini tushunish muhim. Biz Moliya vazirligining ushbu yo‘nalishda olib borayotgan ishlariga guvoh bo‘layapmiz. Bu qarzni samarali boshqarish, ham shaffoflikni ta’minlashda o‘z ifodasini topmoqda", – deya aniqlik kiritdi Anna Byerde.
Ekspert amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli haqida gapirar ekan, mamlakat ishlab chiqaruvchi rolidan yordamchi roliga o‘tishi hamda biznesga yordam ko‘rsatishi va unda teng sharoit-sharoitlar yaratish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Ekspert, shuningdek, davlatning inson taraqqiyoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlarini ham qayd etdi. Xususan, ta’limga budjet sarflari oshgan. Masalan, respublikada oliy ma’lumot bilan qamrab olinish darajasi 3 barobarga oshgan. Agar 5-yil oldin bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir 26 foizga yaqin.
Shunga qaramay, taraqqiyotning eng asosiy to‘sig‘i biznes uchun bu – inson kapitalining yetishmasligidir, deya xulosa qildi Anna Byerde.