Toshkent shahrida favqulodda qo‘ngan British Airways yo‘lovchi samolyoti Londonga uchib ketdi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida favqulodda qo‘ngan British Airways yo‘lovchi samolyoti Londonga uchib ketdi
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent shahrida favqulodda qo‘ngan British Airways yo‘lovchi samolyoti Londonga uchib ketdi. Biroq, bu voqea favqulodda qo‘nishdan bir kun o‘tib ro‘y berdi.
"British Airways" yo‘lovchilari soat 5:50da Toshkentdan - belgilangan manzil - Londonga qarab uchib ketishdi. Oradan bir sutka o‘tib ularni yetib kelgan zaxira borti olib ketdi", - deb xabar qilgan RIA Novostiga O‘zbekiston aeroporti vakili.
Manbaning ma’lum qilishicha, bu vaqt davomida samolyot yo‘lovchilari aeroport terminallaridan birining tranzit zonasida bo‘lib turishgan.
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2019
“Moskva-Ko‘lob” reysi Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Yo‘lovchilarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot, dori va yegulik yo‘qligidan shikoyat qilishgan hamda sukut saqlagani uchun "British Airways"ni tanqid qilishgan. Yo‘lovchilarning ba’zilari hattoki Pokiston va Buyuk Britaniya bosh vazirlariga ham bu borada murojaat qilishgan.
Eslatib o‘tamiz: chorshanba kuni ertalab Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan British Airways aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 83 yoshli ayol yo‘lovchining o‘limi tufayli Toshkentda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan edi.
Pensioner ayolning yuragi to‘xtab qolgan.
Bort yoqilg‘i quygach, uning yoqilg‘i nasosida nosozlik yuzaga kelgan. Texnik nosozlik Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari tomonidan tuzatilgan, shundan so‘ng samolyotning uchishi uchun yangi to‘siq yuzaga klegan - britan ekipajining parvoz smenasi yakunlangan va unga dam olish uchun vaqt kerak bo‘lib qolgan.
So‘ngra, parvozni kechiktirilishiga sabab bo‘lgan yana bir qaror qabul qilingan, - aviakompaniya yo‘lovchilarni olib ketish uchun zaxira bortini yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0