Moskva viloyati va Moskva shahri migratsiya markazlari birlashtiriladi

© Press-slujba MMSMnogofunksionalniy migratsionniy sentr v Moskve
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Yil oxiriga qadar Moskva viloyati Migratsiya markazi Moskva shahar migratsiya markazi bilan birlashtiriladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Putilkovo posolkasida joylashgan Moskva viloyati Migratsiya markazi Moskva shahar Migratsiya markazi (Saxarovo)ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqida Moskva Iqtisodiy departamenti amaldori Kirill Purtov “Kommersant” nashriga xabar qildi.

“Biz Markazning (Saxarovo - tahr.) odam qabul qilish quvvatini hisoblab chiqdik va bunday imkoniyat borligiga amin bo‘ldik. Ushbu Markaz katta miqdordagi migrantlarga xizmat ko‘rsatish uchun qurilgan. Putilkovoning bu yerga ko‘chirilishi qo‘shimcha bosim bo‘lmaydi”, - dedi Purtov.

Ma’lumot uchun, Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Moskva Migratsiya markazi Rossiyada eng yirik markaz bo‘lib, uning quvvati sutkasiga 7,5 ming kishini tashkil qiladi.
Amaldor aytishiga ko‘ra, “Saxarovo”da qo‘shimcha korpuslar qurishga to‘g‘ri kelmaydi, lekin ayrim jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimcha “oynalar” ochishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng Rossiyada mehnat migrantlari oqimi kamayishi kuzatildi. So‘nggi vaqtlarda "Saxarovo" markazi ham to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0