https://oz.sputniknews.uz/20210914/yapon-siyosatshunosi-afgonistonni-yangi-fuqarolar-urushi-kutmoqda-20488624.html
Yapon siyosatshunosi: Afg‘onistonni yangi fuqarolar urushi kutmoqda
Yapon siyosatshunosi: Afg‘onistonni yangi fuqarolar urushi kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yapon siyosatshunosining fikricha, Afg‘oniston iqtisodiy inqirozdan mustaqil chiqa olmaydi 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T15:04+0500
2021-09-14T15:04+0500
2021-09-14T15:04+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20090772_0:390:2947:2048_1920x0_80_0_0_6bb16aab318a74de1087106a241ee5ca.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi yapon mutaxassislaridan biri, Tokio chet tillar universiteti qoshidagi tadqiqot markazi xodimi Masato Toriya Afg‘onistondagi vaziyatga ishonchsizlik bilan qarashini bildirdi.Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha ko‘plab ishlar muallifi Toriyaning fikricha, toliblar na boshqaruv tajribasiga, na kerakli kadrlarga ega."Tolibon"* o‘n yilliklar davomida urush qilgan, u mutlaqo boshqaruv tajribasiga ega emas. Joriy ishlar bilan shug‘ullanishga qodir inson resurslariga ham egamas", - deya tushuntiradi Toriya.Yapon mutaxassisini fikricha, Afg‘oniston qo‘shni davlatlar yordamida iqtisodni barqarorlashtirishga erishishi mumkin, ammo bu muammoni 40-yillik urushdan keyingi zaiflashuv tufayli to‘liq yechishning imkoni yo‘q.Siyosatshunos so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolari turmush sharoitining shiddatli yomonlashuvini to‘xtatishga urinish norozilik kuchayishiga olib kelishi, bu esa istiqbolda "Tolibon"* harakati ichki tuzilmasida darz ketishlarni yuzaga keltirishi mumkin."Afg‘onistondagi vaziyat sekin-asta fuqarolik urushiga aylanib ketishini inkor qilib bo‘lmaydi", - deya ta’kidladi Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis.Masato Toriyaning fikricha, Afg‘onistondagi falokatning oldini olish uchun Afg‘onistonga nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSh, Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Rossiyaning ham ko‘pqirrali ko‘magi kerak bo‘ladi.* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210913/toliblar-universitetlar-dasturlaridan-shariat-qonunlariga-zid-fanlarni-olib-tashlamoqchi-20471854.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20090772_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_047780d848ecd6d85aae2bfe09b354c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Yapon siyosatshunosi: Afg‘onistonni yangi fuqarolar urushi kutmoqda
Yapon siyosatshunosining fikricha, Afg‘oniston iqtisodiy inqirozdan mustaqil chiqa olmaydi
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi yapon mutaxassislaridan biri, Tokio chet tillar universiteti qoshidagi tadqiqot markazi xodimi Masato Toriya Afg‘onistondagi vaziyatga ishonchsizlik bilan qarashini bildirdi.
Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha ko‘plab ishlar muallifi Toriyaning fikricha, toliblar na boshqaruv tajribasiga, na kerakli kadrlarga ega.
"Tolibon"* o‘n yilliklar davomida urush qilgan, u mutlaqo boshqaruv tajribasiga ega emas. Joriy ishlar bilan shug‘ullanishga qodir inson resurslariga ham egamas", - deya tushuntiradi Toriya.
Yapon mutaxassisini fikricha, Afg‘oniston qo‘shni davlatlar yordamida iqtisodni barqarorlashtirishga erishishi mumkin, ammo bu muammoni 40-yillik urushdan keyingi zaiflashuv tufayli to‘liq yechishning imkoni yo‘q.
Siyosatshunos so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolari turmush sharoitining shiddatli yomonlashuvini to‘xtatishga urinish norozilik kuchayishiga olib kelishi, bu esa istiqbolda "Tolibon"* harakati ichki tuzilmasida darz ketishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
"Afg‘onistondagi vaziyat sekin-asta fuqarolik urushiga aylanib ketishini inkor qilib bo‘lmaydi", - deya ta’kidladi Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis.
Masato Toriyaning fikricha, Afg‘onistondagi falokatning oldini olish uchun Afg‘onistonga nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSh, Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Rossiyaning ham ko‘pqirrali ko‘magi kerak bo‘ladi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.