https://oz.sputniknews.uz/20210914/milliy-tiklanish-tiktokni-ozbekistonda-butunlay-bloklashni-taklif-qildi-20483153.html
“Milliy tiklanish” TikTok’ni O‘zbekistonda butunlay bloklashni taklif qildi
“Milliy tiklanish” TikTok’ni O‘zbekistonda butunlay bloklashni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Partiya Navoiy shahridagi ikki o‘quvchi qizning TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi qilig‘i ta’lim, huquq tartibot idoralari mutasaddilari va keng jamoatchilikka ogohlik... 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T10:39+0500
2021-09-14T10:39+0500
2021-09-14T10:39+0500
jamiyat
ijtimoiy tarmoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20482059_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_dbeddab1e8794ac0ac8c58eab97f524c.jpg
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifi bilan chiqdi.Deputat Navoiy shahridagi ikki o‘quvchi qiz dars paytida TikTok ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, nojo‘ya so‘zlar ishlatgani jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. Ushbu vaziyatni umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitning nosog‘lomligidan, tarbiya jarayonining yetarli darajada tashkil etilmayotganidan dalolat beruvchi ayanchli holat deb baholaydi.“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bularni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni ilgari surgan:“Navoiyda so‘kong‘ich qizlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisa nafaqat ta’lim, mahalla, huquq tartibot idoralari mutasaddilari, balki yoshlar tarbiyasiga bevosita mas’ul tashkilotlarga va keng jamoatchiligimizga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi darkor”, - deya xulosa qilgan partiya a’zosi.
https://oz.sputniknews.uz/20210702/ozbekistonda-vkontakte-twitter-i-tiktok-dan-foydalanish-cheklandi-19521430.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20482059_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ad6284a9d8f9dfe9210b5f4fcf388534.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ijtimoiy tarmoq
“Milliy tiklanish” TikTok’ni O‘zbekistonda butunlay bloklashni taklif qildi
Partiya Navoiy shahridagi ikki o‘quvchi qizning TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi qilig‘i ta’lim, huquq tartibot idoralari mutasaddilari va keng jamoatchilikka ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi darkor deb hisoblaydi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklash taklifi bilan
chiqdi. Deputat Navoiy shahridagi
ikki o‘quvchi qiz dars paytida TikTok ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, nojo‘ya so‘zlar ishlatgani jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. Ushbu vaziyatni umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitning nosog‘lomligidan, tarbiya jarayonining yetarli darajada tashkil etilmayotganidan dalolat beruvchi ayanchli holat deb baholaydi.
“Afsuski, hozirda odob-axloqqa zid harakatlar media makonida urchib yotibdi. Ko‘p holda videoroliklarning asosiy qahramonlari maktab o‘quvchilari ekanligi masalaga yechim beradigan va uning ijrosini ta’minlaydigan soha vakillarini chuqurroq o‘ylantirishi kerak”, - deb yozadi Feruza Muhammadjonova.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bularni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni ilgari surgan:
voyaga yetmaganlar tomonidan qilinadigan bunday xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish;
TikTok faoliyatini butunlay cheklash, chunki partiya bu tarmoqni bolalar uchun xavf maydoni deb hisoblaydi;
TikTok’ka o‘xshagan axborot manbalari hisobiga to‘g‘ri kelayotgan infoepidemiyaning oldini olish uchun qonuniy choralarni kuchaytirish.
“Navoiyda so‘kong‘ich qizlar bilan bo‘lib o‘tgan hodisa nafaqat ta’lim, mahalla, huquq tartibot idoralari mutasaddilari, balki yoshlar tarbiyasiga bevosita mas’ul tashkilotlarga va keng jamoatchiligimizga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi darkor”, - deya xulosa qilgan partiya a’zosi.