O‘zbekistonga yil boshidan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi

Obuna bo‘lish
Sakkiz oy davomida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi. 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sakkiz oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobini e’lon qildi.
Jumladan, agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 25 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 262 ming 161 nafariga maslahat xizmatlari, 4 ming 853 nafariga ijtimoiy yordam, 8 ming 268 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi;
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Moskvaga 200 ming ishchi migrant yetishmaydi – mer o‘rinbosari
4 ming 150 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
219 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.
Sakkiz oy davomida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi.
271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.
Og‘ir tan jarohati olgan 11 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 692,7 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.
Yangiliklar lentasi
0