“G‘arb-2021” mashqlarida ilk bor "Platform-M" jangovar robotlari qo‘llanildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPodgotovka boyevoy texniki k uchastiyu v parade Pobedi v Kaliningrade
Podgotovka boyevoy texniki k uchastiyu v parade Pobedi v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Obuna bo‘lish
Kaliningradda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Belarus o‘quv mashqlarida gusenitsali robot va uchuvchisiz apparatlardan keng foydalanildi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng g‘arbiy nuqtasi Kaliningrad viloyatida joylashgan “Pravdinskiy” poligonida bo‘lib o‘tgan “G‘arb-2021” harbiy o‘quv mashqlarida ilk bor granata otish moslamalari (granatomot) bilan qurollangan “Platform-M” hujumchi robot tizimlaridan foydalanildi, debe xabar qildi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Shahar sharoitida shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yo‘q qilish hamda statsionar va ko‘chma nishonlarga zarba berish bo‘yicha qurolli kuchlar mashg‘ulotlari doirasida, moto-o‘qchi va desantchi bo‘linmalar “Platformadan-M” robotini masofadan turib zarba berish maqsadida foydalanishdi. Gusenitsali yurish qismi blan jihozlangan robot to‘rtta granatamot va Kalashnikov pulemoti bilan qurollangan", - deyiladi xabarda.
Jangovar robotlardan minalashtirilgan hududlarda hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari doirasida "Orlan" va "Forpost" uchuvchisiz apparatlari nishonga olish hamda zarba berish samaradorligini baholash, artilleriya va tank bo‘linmalarining zarbalarini aniqlashtirish va razvedka maqsadlarida foydalanildi.
“Uchuvchisiz apparatlar nishonlarni qidirish vaqtini sezilarli qisqartirib, bir vaqtning o‘zida bir nechta maskirovka qilgan nishonlarni kuzatish imkonini berdi. Shu bilan birga, mashinalarning o‘zlarini ham sezdirmadi", - deyilgan xabarda.
"G‘arb-2021" harbiy o‘quv mashqlarida Rossiya va Belarusiya qurolli kuchlari birgalikda har ikki yilda o‘tkazib kelinmoqda. Kaliningraddagi mashg‘ulot 2021-yildagi yakuniy bosqich bo‘ldi.
© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy podgotavlivayet k zapusku bespilotniy letatelniy apparat
Voyennoslujashiy podgotavlivayet k zapusku bespilotniy letatelniy apparat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Voyennoslujashiy podgotavlivayet k zapusku bespilotniy letatelniy apparat
Yangiliklar lentasi
0